Биология ва генетика


Download 0.97 Mb.
bet22/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Geterogamiya (anizogamiya) bir qator suv o‘tlari va xivchinlilarga xosdir. Ularda ikki xil: harakatchanroq, mayda gametalar – mikrogameta va harakati sust, yirikroq – makrogameta hosil bo‘ladi. Bu gametalar xivchinlarga egadir. SHunday qilib ilk bor bir-biridan farqlanuvchi jinsiy hujayralar paydo bo‘ladi. Ayrim organizmlarda katta va kichik gametalar hamda ikkita kichik gameta o‘zaro qo‘shilishi ham mumkin. Demak, bu organizmda anizogamiya bilan bir qatorda izogamiya ham saqlanib qoladi. Boshqa xivchinlilarda makro va mikrogametagina qo‘shiladi va anizogamiya ro‘y beradi.
Oogamiya — kopulyasiya bilan bo‘ladigan gametogamiyaning eng yuqori shakli. Bir gameta yirik, harakat tuzilmasiga ega emas. Bu urg‗ochi gameta, ya‘ni tuxum hujayradir. Ikkinchi gameta esa mayda, harakatlantiruvchi hivchinga ega – bu erkak jinsiy hujayrasi – spermatozoiddir. Oogamiyada jinsiy hujayralar maxsus a‘zolarda (hayvonlarda urug‗don va tuxumdonlarda) hosil bo‘ladi. Ko‘pgina o‘simliklar va deyarli barcha hayvonlar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Kopulyasiyasiz gametogamiya kam uchraydi. Gametogamiyaning jinsiy hujayralar hosil qilib, ammo ularning butunlay qo‘shilib ketishi ro‘y bermasdan ko‘payishi ro‘y beradigan 3 xili tafovut qilinadi: partenogenez, ginogenez va androgenez.
Partenogenezda yangi avlod urug‗lanmagan tuxum hujayrasidan rivojlanadi. Ma‘lumki, partenogenez tabiiy va sun‘iy bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida tabiiy partenogenezining muqarrar (obligat), fakultativ va siklik xillari tafovut qylinadi. Muqarrar partenogenezda hayvonlar (o‘simlik biti, sodda qisqichbaqasimonlar, ayrim baliq va sudralib yuruvchilar) qo‘ygan tuxumi urug‗lanmasdan turib yangi organizm hosil bo‘ladi. Bu hosil bo‘lgan organizmlarning barchasi urgochi bo‘ladi. Bunday ko‘payish bir-biri bilan uchrashishi qiyin bo‘lgan (masalan, Kavkazning qoya kaltakesaklari) mavjudotlarda namoyon bo‘ladi. Bu turda ro‘y beradigan ushbu obligat partenogenez tur ravnaqi uchun maqsadga muvofiq ko‘payish usulidir. Fakultativ partenogenez ayrim hasharotlar (ari, chumolilar) da namoyon bo‘ladi. Ularning uruglanmagan tuxumidan erkak ortanizmlar, uruglangan tuxumlaridan urgochi organizmlar rivojlanadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling