Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Toshko‟mir – davrining boshlarida Markaziy Osiyoning ko‘p xududi suv bilan qoplangan. Davrning oxirida Amudaryo va Sirdaryo oralig‗i Orol dengizi o‘rnida va uning SHarq tomonida dengiz chekinib keng quruqlik paydo bo‘lgan. Quruqliqdagi o‘simliklar orasida lepidodendronlar, plaunlar, kalamitlar ko‘plab o‘sgan. Ayrim kalamitlarning balandligi 20-25 m ga etgan. Onda-sonda kondaitlar ham uchragan.
Toshko‘mir davrida iqlim nam, havoda karbonat angidrid ko‘p bo‘lgan. Quruqliqdagi pasttekisliklarda botqoqlik tida qanday o‘xshashliklar bor? erlar ko‘p uchragan. Ularda balandligi 40 m ga etadigan paporotniklar, qirqbo‘g‗imlar, plaunlar o‘sgan va spora yo‘li bilan ko‘paygan. Bulardan tashqari ochiq urug‗li o‘simliklar paydo bo‘lgan. Daraxtsimon o‘simliklarning yoppasiga halok bo‘lishi o‘sha joylarda keyinchalik ko‘mir qatlami hosil bo‘lishiga olib kelgan. Nam va botqoqlik o‘rmonlarda suvda ham quruqlikda yashovchilarning qadimgi vakillari hisoblangan stegonefallar nihoyatda ko‘p va xilma-xil bo‘lgan. Uchuvchi hasharot- suvaraklar, ninachilar rivojlangan. Perm – davrining boshlariga kelib iqlim birmuncha quruq va sovuq bo‘ladi.Bunday sharoit suvda ham quruqlikda yashovchilar uchun o‘ta noqulay hisoblangan. Ularning anchagina qismi qirilib ketgan. Botqoqlik va sayozliklardagi suvda ham quruklikda yashovchilarning ancha mayda vakillari yashirinib qolgan. Quruq va past haroratli sharoitda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish suvda ham quruklikda yashovchilar ma‘lum guruxining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Keyin ulardan sudraluvchilar sinfi kelib chiqqan. Perm davrining boshlarida Qizilqum, Fartona, Pomir tog‗larida yrik orollar va yarim orollar bo‘lgan. O‘simliklardan kalamitlar, daraxtsimon kordaitlar, ba‘zi ninabargli o‘simliklar uchragan. SHunday qilib, paleozoy erasida hayvonlar yanada rivojlanib, yirik aromorfozlar ro‘y bergan. Jag‗siz va jag‗li qalqondor baliqlar, panja qanotli baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilarning dastlabki vakillari, nihoyat sudralib yuruvchilar sinfi kelib chiqqan. O‘simliklar quruqlikka chiqib, spora yo‘li bilan ko‘payuvchi xillari, ochiq urug‗lilar paydo bo‘lgan. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling