Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu: CH.Darvinning evolyusion ta‟limoti.
- CH. Darvingacha bo‟lgan davrdagi evolyusion tushunchalar.
Nazorat savollariBiologiya fani va uning vazifalarini tushuntiring? Biologiya faning tarixiy rivojlanishi davrlirini ayting? 3.Biologiyani o‘rganishdagi metodlari qaysilar?. 4.Biologiya fani muommolari nimalardan iborat?. 2-mavzu: CH.Darvinning evolyusion ta‟limoti.CH. Darvindan keyingi davrda evolyusion ta‟limot taraqqiyoti. Reja: 1.CH.Darvingacha bo‘lgan davrdagi evolyusion tushunchalar. 2.Darvin evolyusion ta‘limotning mohiyati. YAshash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ular xillari. 4.Evolyusiya va irsiyat. Darvin davrida tur tushunchasi. CH. Darvingacha bo‟lgan davrdagi evolyusion tushunchalar.Evolyusion talimot - tirik mavjudodning erda xayot paydo bo‟lgan paytdan boshlab to xozirgi kungacha davom etayotgan tarixiy taraqqiyot qonunlarini o‟rgatuvchi fandir. Evolyusion talimotga ulug‗ ingliz olimi CH.Darvin asos solgan. Biroq, bu g‗oyani Darvingacha bir qancha tabiatshunos va faylasuf olimlar xam ilgari surgan edilar.Jumladan, Aristotel odam va xayvonning gavda tuzilishini qiyosiy nuqtai nazaridan o‘rganib,odam bilan xayvon yagona o‘xshash tuzilishga ega, lekin odam xammadan ko‘ra mukamal rivojlangan deb xulosa chiqardi. Organik olamning tarixiy rivojlanishi xaqidagi talimot XIX asr o‘rtalarida yaratilgan bo‘lsada, biroq evolyusion talimotga doir bazi malumotlar, g‗oyalar juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olam evolyusiyasi to‟g„risidagi birinchi yaxlit ta‟limotni fransuz biologi J.B.Lamark (1744-1829) yaratdi.U mazkur nazariyani “Zoologiya falsafasi” (1809) asarida atroflicha asoslab berdi va evolyusiyaning harakatlantiruvchi kuchlarini tahlil qilib chiqadi va –hayot eng sodda tirik tanalar shaklida vujudga kelishi mumkin deb ta‟kidlaydiLamark turlar o‟zgarmas va turg„unligi to‟g„risidagi metafizik nazariyani rad etdi.U sistematika bilan shug„ullanar ekan u turlar o‟rtasida qo‟zg„almas oraliq formalar mavjud degan xulosaga keldi..Organik olamning paydo bo‟lishi to‟g„risidagi tasavvurlar ko‟p jixatdan tirik tabiatni bilish darajasiga bog„liq. Tabiat xaqidagi tasavvurlar eramizdan bir necha ming yil oldin qadimgi Misr, Xitoy, Xindistonda paydo bo‟lgan.Miloddan oldingi XVI asrda misrliklar ko‘pgina dorivor, madaniy o‘simlik xillarini bilganlar. Ular donli ekinlar, sabzovotlar, meva daraxtlarning bir necha turlarini ekib o‘stirganlar. Misrliklar qoramol, ot, qo‘y, eshak va cho‘chqalarni boqqanlar. Qadimgi Hindiston xalqlari ham miloddan oldingi XX-XV arlarda ko‘pgina madaniy o‘simliklarni ekannlar, qoramol, kaptar, it boqqanlar va birinchi marta tovuq, filni xonakilashtirganlar. Bu erda materialistik g‗oyalar Misrdagiga nisbatan anchagina rivojlangan. Kurtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi xindlarga tegishlidir. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. q\x almashlab ekish joriy etilgan. Erlarni o‘g‗itlashda , sug‗orishda bir muncha yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Eramizdan 3000-4000 yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o‘simliklarning navlarini chiqarishda tanlash usuli qo‘llanilgan. Qadimgi sharq madaniy merosi, qadimgi YUnoniston fani va madaniyati rivojiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatgan. SHu sababli ham Qadimgi YUnoniston tabiatshunos faylasuflaridan Feles, Alaksimondir asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosida rivojlangan yangi ijtimoiy xo‘jalik amaliyoti ham o‘z ifodasini topgan. Qadimgi YUnonistondagi tabiatshunoslik rivojiga Arostotel ayniqsa katta hissa qo‘shdi. U hayvonlar klassifikafiyasi asosini yaratdi. Solishtrima anatomiya, embriologiya, sohasida dastlabki fikrlarni bayon etdi. O‘rta asarlardagiga qaraganda uyg‗onish davrida tabiat to‘g‗risidagi bilimlar anchagina rivojlangan bo‘lsa-da XV-XVSH asarlarda metofizik dunyoqarash hukumronlik qildi. SHunga ko‘ra tabiat bir-biridanajralib qolgan, o‘zaro bog‗liq bo‘lmagan aloqada narsa-xodisalarning tasodifiy to‘plami, deb e‘tirof qilinadi va undagi rivojlanish jarayoni inkor etildi. O‘simliklar bilan hayvonlarning sun‘iy sistemasini mashhur shved olimi Karl Linney rivojlantirdi. U o‘z ilmiy faoliyatida o‘simliklar bilan hayvonlarning aniq hamda tushunish oson bo‘lgan sistemasini tuzishga intildi. Uning qayd qilishicha sistematikaning asosiy birligi tur hisoblanadi: tur avlodlaprga avlodlar esa turkumlarga, turkumlar esa o‘z navbatida sinflarga birlashtiriladi. Sistematikaga binar nomenkulaturani qo‘shaloq nomi, ya‘ni xar bir formani avlod va tur nomi bilan atashni Linney joriy etgan. Yirtiqichlar turkumi boshqa hayvonlar turkumi bilan sut emizuvchilar sinfiga birlashtirildi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling