Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
Aristotel (e.a. 384-322 y) dunyoning real mavjudligi va uni anglab olish mumkinligini takidladi. U biologiya sohasida ko‟p ishlar qildi va hayvonlarnint 510 turini izohlab, ilk bor ular tasnifini keltiradi. U tabiatning umumiy uyg„unlik va rivojlanishi jarayonida murakkablashishi kabi g„oyalarni ilgari surdi.Tabiatda o‘zgarishning mavjudligi va uning qay tarzda ro‘y berishi azaldanoq faylasuf va tabiatshunoslik uchun qiziqarli soha bulib kelgan va bir biriga qarama qarshi metafizik hamda dialektik qarashlar mavjud bo‘lgan. Metafizikaga ko‘ra tabiatdagi har qanday xodisa o‘zgarmas, turg‗un o‘zgarish sodir bo‘lsada, son jihatdan bo‘lib, buyum va xodisaning tub ma‘noda hossasi o‘zgarmas qoladi. Organik olam haqidagi metefizik dunyoqarash kreatsionizmlar. Kreatsionistik g‗oyaga ko‘ra ilohiy kuch o‘simlik, odam va hayvonni yaratgan, bo‘lib, barcha tirik mavjudotlar paydo bo‘lganidan o‘zgarmagan va o‘zgarmaydi. Dialitik dunyoqarashga ko‘ra borliq muntazam ravishda o‘zgarib turadi, qarama-qarshiliklar kurashi tufayli rivojlanadi va miqdor o‘zgarishlari yangi sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Ko‘pgina qadimgi mutafakkirlar (Gipakrat, Demokrit) tirik moddalarning tabiiy kelib chiqishi va evolyusiyasi hamda yashash uchun kurash g‗oyalari ilgari surib, dialektik nazariya asosida fikr yuritganlar. Biologiyaning shakllanishi va rivojida keskin davr buyuk ingliz olimi CH.Darvinning sodda shaklidan murakkabroqqa asta-sekin milliard yillar davomida, er evolyusiyasi nazariyasining yaratilishi bilan boshlandi. Bu nazariya o‘simlik va hayvonot olamidagi barcha murakkab jarayonlar haqidagi tushunchalarni tubdan o‘zgartirdi va qayta shakllantirdi. Biologiya fanining rivojlanishi jarayonida mavjudotlar shakllarining tuzilishi, faoliyati, taraqqiyoti, evolyusiyasi va ularnint atrof-muhit bilan munosabatini chuqur o‘rganuvchi tarmoqlar vujudga keldi. Tirik tabiatdagi barcha jarayonlarni ilmiy nazariyalarga asoslangan holda organizm qismlari va organizmdagi yaxlit uyg‗unlashgan faoliyat sir-asrorlarini va umuman shriklikning kelib chiqish, evolyusiyasini, unga xos belgi va hususiyatlarini chuqur talqin etish, biologiyaning muhim vazifalaridan biridir. Tiriklikning tub mohiyatlaridan biri xar bir organizmga xos bo‘lgan irsiy xususiyatlarning uning avlodlariga o‘tishi bilan shu organizmlarga xos xususiyatlarning saqlanishdan iboratdir. Bu tiriklik mavjudot tarktbiy qismining o‘z-o‘zidan hosil bo‘lishini ta‘minlovchi jarayonlar tufayli nuklein kislotalar faoliyatlari asosida ro‘y beradi. Tirik mavjudotlarga o‘zgacha belgilarning paydo bo‘lishi, ya‘ni o‘zgaruvchanlik xosdir. Bu jarayon ham irsiyat moddasi - nuklein kislotalardagi o‘zgarish natijasida sodir bo‘ladi. YUqorida bayon etilgai tiriklikning barcha belgi va xususiyatlari qatorida sharoitga moslashish , o‘z-o‘zini brshkarish, hosil qilish hamda ichki muhit sharoitining barcha ko‘rsatkichlarni turg‗un holatda saqlash ya‘ni organyazm gomeostazini belgilab berish kabi murakkab jarayoilar majmui xar bir tirik mavjudot uchun xos bo‘lgan belgilarning zamonaviy tushunchasi hisoblanadi. Kurrai zamindagi turli-tuman o‘simlik va hayvonot dunyosi shundaygina tarqalib qolmay, balki uning tarqalishini o‘zaro uzvny boglanish hosil qilgan yagona hamkor sistema bunyod etadi. Bu sistema yaratuvchilar, iste‘molchilar, organnk moddalarni parchalovchilar hamda muhitning qisman tirik bo‘lmagan tarkibiy qismlarini o‘z ichiga oladi. Tarkibiy qismlar orasidagi munosabat va shu jarayonda insonning o‘rni muhim ahamiyatga egadir. Munosabatlararo jarayondan inson o‘ziga naf chiqarish bilan mavjudotlar va atrof muhit o‘rtasidagi mutanosiblik aloqasining buzilmasligi ekologiyaning dolzarb masalasi tarzida o‘rganiladi. Biologiya fani bo‘lg‗usi agronom, seleksionerlarning shakllanishida dunyoqarashidagi ilmiy-tabiiy biri hisoblanadi. Zamonaviy biologiya bir tomondan hayot faolnltining fizikximiyaviy asoslari va sistemali mexanizmlarni anglatuvchi bilimlarining tez rivojlanayotganligi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan biologiyaning sopial mohiyagi ortishi, ya‘ii biologiyaning jamiyat hayoti hamda uning o‘rganish ob‘ekti hisoblanishi bilan uzviy bog‗liqligi ortib bormoqda. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling