Биология ва генетика
Biologiyani o‟rganishdagi metodlar
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.
- Biologiya fani muommolari.
Biologiyani o‟rganishdagi metodlar.Biologiyaning rivoji bilan uning turli tarmoqlari o‘zining taraqqiyot yo‘nalishi bo‘lgan alohida fan sifatida shakllanadi. O‘simlik olamini botanika, mavjudotlari tuzilishi va faoliyatini anotomiya, gistologiya, fiziologiya, irsiyatning genetikasi, organik olamning tarixi rivojlanishini evolyusiya, mavjudotlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan uzviy aloqasini biologiyaning ekologik tarmoqlari o‘rganadi. SHuning uchun ham hozirgi biologiya tiriklik haqidagi murakkab fanlar majmuidan iboratdir. Biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlaridan keng foydalaniladi.Kuzatish metodi, taqqoslash metodi, tarixiy metod, eksperimental metod, modellashtirish metodi. Kuzatish metodi organizmlar va ularnvng atrofidagi muxitda ro‘y beradigan xodisalarni tasvirlash va taxlil qilish, imkonini beradi. Turli sistematik guruhlar, tirik organizm jamoalari organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va farqlar gaqqoslash usuli yordamida aniqlanadi. Turli sistematik guruhlar organizm, uning organlarini tarixiy jarayonda paydo bo‘lish qonuniyatlari tarixiy metod yordamida aniqlanadi. Mazkur metod yordamida organik dunyoning evolyusion ta‘limoti yaratildi. Eksperimental metod orqali tirik tabiagdagi, organizmlardagi voqea - xodisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o‘rganiladi. Keyingi paytlarda elektron hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan biologik tadqiqotlarda modellashtirish metodidan ham foydalanilmoqda. Biologiya fani muommolari.Biologiyada boshqa fanlardagi kabi ko‘p muammolar, o‘z echimshda kutaetgan masalalar, tirik tabiat sirlari mavjud. Bu muammolar molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlash: bir va ko‘p xujayrali organizmlarning rnvojlanishi tartibga solish mexanizmlarini bilish; organizmlar shaxsiy rivojlanishdagi irsiyat mexanizmlari, ya‘ni oqsil biosingezidan xujayra hosil bo‘lguniga qadar tabaqalanishni oydinlashtirish; organizmlar tarixiy rivojlanishini aniqlash; erda hayotning paydo bo‘lishi muammosini echish va tajribada isbotlash; 6.insonlarning tabiatdagi kursatadigan ijobiy va salbiy ta‘sirini bilish; 7.odamning paydo bo‘lishi bilan ochiq bo‘lgan ba‘zi muammolarni xal etishdan iborat, yuqorida qayd etilgan muammolarni echish biologiya fani oldida turgan asosiy vazifadir. Lekin biologiya fani iazariy muammolarni echish bilan cheklanib qolmasdan u juda muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolar echishda ham faol ishtirok etadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling