Биология ва генетика


Geterozisni saqlab qolish muammolari va geterozis nazariyasi Hozirgivaqtda seleksiyaning asosiy vazifasi geterozisni duragay


Download 0.97 Mb.
bet63/70
Sana24.12.2022
Hajmi0.97 Mb.
#1056246
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
Biologiya fani ma\'ruza matni

Geterozisni saqlab qolish muammolari va geterozis nazariyasi Hozirgivaqtda seleksiyaning asosiy vazifasi geterozisni duragay


organizmlariing keyiigi bo‘g‗inlarida ham saqlab qolishdan iborat. Bu borada ba‘zi bir bir fikrlar ilgari surilmoqda. Masalan, geterozis xususiyatiga ega bo‘lgan va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizmlarni (ba‘zi bir o‘simliklar uchun mumkin bo‘lgan) apomiksis yo‘l bilan ko‘payadigan qilish va geterozisli diploid duragaylarni poliploid holatga o‘tkazish mumkin. Ana shular amalga oshirilsa, geterozigoga kombinatsiyasi uzoq saqlanishi mumkin.
Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan o‘simliklarda, jinsiy yo‘l bilai olingan duragaylarda vujudga kelgan geterozis duragayini vegetativ ko‘paytirish usuli bilan saqlash mumkinligi aniqlandi.
Geterozisning genetik mexanizmi hali muammo masala bo‘lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda geterozisning vujudga kelishi sabablari tushuptiriladigan uchta gipoteza bor: 1) ko’p genlarning geterozigota holatda bo’lishi; 2) foydali dominant genlarning o’zaro ta’sir etishi; 3) o’ta dominantlik geterozigota holatning gomozigota holatdan ustun chiqishi. Bu gipotezalarning har biri ham o‘ziga xos bo‘lib, haqiqatga ancha yaqin. Geterozisning vujudga kelishi chatishtirishda ishtirok etadigan ota-ona formalarning xususiyatiga bog‗liq.
Geterozis xodisasining nazariy tomonini birinchi bo‘lib amerikalik genetiklar G.SHell va E.Ist 1908 yilda tushuntirishga xarakat qildilar. Ularning tushuntirishicha geterozisning yuzaga chiqishiga genotipda geterozigotalikning bir necha lokus bo‘yicha oshishi sabab bo‘ladi.
Bir qancha amerika genetiklari (Davenport, Djoks, Bryus, Kodlinz va boshqalar) 1908-1917 yillarda geterozis va inbred depressiyani tushuntirish uchun dominantlik gipotezasini ko‘tarib chiqdilar. Bu gipotezaga ko‘ra, geterozis ko‘p miqdordagi dominant genlar yordamida kelib chiqadi, bu genlarning retsessiv allellari belgining rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi va xatto salbiy ta‘sir qiladi. Inbred deprsssiya gomozigot holiga o‘tgan rssessiv genlar ta‘siri natijasida kelib chiqadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling