Биология ва генетика
Download 0.97 Mb.
|
Biologiya fani ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-mavzu: Geterozis. Sitoplazmatik irsiyat
- Autbriding va inbriding to‟g„risida tushincha
Nazorat savollariPoliploidiya tiplari va ularning klassifikatsiyasi tushuntiring? Su‘niy poliploidiya olish usullarini aytib bering Turlararo chatishmaslik sabablari va uni engish usullari nimadan iborat 15-mavzu: Geterozis. Sitoplazmatik irsiyatReja: Autbriding va inbriding to‘g‗risida tushincha Geterozisning ko‘rinish xillari va ulardan amaliyotdan foydalanish Geterozisni saqlab qolish muammolari va geterozis nazariyasi Autbriding va inbriding to‟g„risida tushinchaCHatishtirish uchun xo‟jalikda qimmatli belgilarga ega bo‘lgan formalarni tanlash seleksiyada kombinatsion o‘zgaruvchanlikni boshqarishning asosiy usuli bo‘lib hisoblanadi. Organizmlarni ko‘paytirishda: yaqin qarindosh organizmlarni chatishtirish yoki o‘simliklarning o‘zini-o‘zi bilan chatishtirish (inbriding) va qarindosh bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish (autbriding) usullari qo‘llaniladi. Hayvonlarda qarindoshlik darajasi yaqin bo‘lgan organizmlar, o‘simliklarda esa o‘zini-o‘zi bilan chatishtirilganda geterozigota holida bo‘lgan genlar gomozigota holiga o‘tadi. Maxsus tekshirishlar qarindosh urchitish organizmning noziklanishiga, maydalashishiga, mahsuldorlikning, bola berishning pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Qarindosh juftlashning zararli ta‘siriga inbred depressiya deyiladi. Inbridingning ta‘siri ba‘zi hollarda foydali bo‘lishi ham mumkin. Seleksiyada qarindoshlik jihatdan yaqin bo‘lmagan organizmlarni chatishtirish-autobriding keng qo‘llaniladi. Bir-birga yaqin bo‘lmagan formalar chatishtirilganda gomozigota holda bo‘lgan zararli retsessiv mutatsiyalar geterozigota holga o‘tib, duragay organizmlarning hayotchanligiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Qishloq xo‘jalik tajribasi hatto bir turga oid, lekin qarindosh bo‘lmagan organizmlarni chatishtirishdan olingan birinchi bo‘g‗in duragaylar hayotchan, serhosil, kasalliklarga chidamli, ya‘ni geterozis xususiyatiga ega bo‘lishini ko‘rsatadi. O‟simlik va hayvonlar seleksiyasida geterozis deb ataluvchi duragaylarning hayotchanligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Geterozis terminini 1914 yilda amerikalik olim Dj.SHell taklif etgan. Har xil avlod, tur, navlar va inbred liniyalar chatishtirilganda birinchi bo‘g‗in o‘simliklarda hayotchanlik, hosildorlik va boshqa bir qancha belgilar bo‘yicha boshlangich ota- ona formalardan o‘zib ketish xodisasi yuz beradi. Biroq, keyingi (G‗2, G‗3 va xakozo) bo‘g‗in duragay organizmlarda geterozis xodisasi so‘nadi. SHved genetik olimi A.Gustafsson taklifi bilan o‘simliklarda geterozis xodisasi uch asosiy tilga bo‘lib o‘rganiladi. Bular 1) reproduktiv, 2) somatik va 3) adaptiv tiplar bo‘lib, har biri o‘simliklarda yuzaga chiqanda o‘ziga xos xususiyatlar paydo bo‘ladi. Reproduktiv geterozisda o‘simliklarning ko‘payish organlari yaxshi rivojlanadi, urug‗ va meva hosildorligi mo‘l bo‘ladi. Somatik geterozisda duragay organizmlarni vegetativ qisimlari yaxshi rivojlanadi. Moslanuvchi yoki adaptiv geterozisda duragaylarning hayotchanligi yuqori bo‘ladi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling