Biologiya xonasidagi o'quv jihozlari, darslarda foydalaniladigan o'quv vositalarini o'rganish


Download 8.92 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi8.92 Kb.
#1513273
Bog'liq
Biologiya xonas-WPS Office


Biologiya xonasidagi o'quv jihozlari, darslarda foydalaniladigan o'quv vositalarini o'rganish.
Biologiya xonasidagi o'quv jihozlari, darslarda foydalaniladigan o'quv vositalarini o'rganish.Maktab biologiya xonasi - bu nafaqat biologiya darslari, ixtiyoriy va to'garak mashg'ulotlari va darsdan tashqari vazifalar bajariladigan sinf, balki o'quv jarayonining moddiy bazasi.
Biologiya xonasi quyidagi vazifalarni bajarishga yordam beradi:

  1. o'quv jarayonini o'qitish samaradorligini oshiruvchi zarur uskunalar bilan ta'minlash;

  2. darsda va darsdan keyin texnik o'quv vositalaridan keng foydalanish; dastur materialiga mos keladigan o'quv didaktik materialini taqdim etish; kerakl asbob-uskunalar bilan ta'minlash;

  3. biologiya xonasi sinf, laboratoriya va tabiat burchagidan iborat bo'lishi

Maktab binosida hamda maktab biologiya sinf xonalarida yuqorida keltirib o'tilgan holatlarning deyarli barchasi mavjud, ammo tabiat burchaklari uchun alohida e'tirbor berilmagan. Biologiya xonasida o'quvchilar o'rganishi uchun kerakli bo'lgan o'simlik gerbariylari, doimiy preparatlar, grafik jadvallar, tanadagi suyaklarning mulyajlari, turli o'simlik kolleksiyalari mavjud va o'quv jarayonida ushbu vositalardan foydalanilmoqda. Biologiya sinf xonasidagi shkaflarda quyidagilar mavjud: botanika, zoologiya, biologiya faniga tegishli bo'lgan o'quvchilar biologiya o'qituvchisining yutuqlari;zoologiya faniga oid formalim eritmasidagi turli hayvonlar,ularningmulyajlari; maketlar,- o'quvchilar tomonidan tayyorlangan biologiya faniga oid turli turli o'simlik va hayvonlarning rasmlari aks ettirilgan plakatlar.
Bundan tashqari har bir biologiya xonasi elektron doskalar va televizorlar bilan jihozlangan. Bu esa o'quvchilarning mavzuni yanada osonroq o'rganishida, ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo biologiya sinf xonalarida laboratoriya jihozlari va reaktivlar yetali darajada ta'minlanmagan.
Download 8.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling