biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
4.3 Baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari.
Orol dengizining janubiy qismi, ko‘llar, suv omborlari, hovuzlar va daryolar O‘zbekistonning asosiy baliqchilik manbalari hisoblanadi. Har yili O‘zbekiston ko‘l va hovuzlaridan 210-220 ming sentner baliq tutilmoqda, buning 95-97% Orol dengizining janubiy qismidan ovlanadi. Biroq, keyingi yillarda Orol dengizidan tutiladigan baliq miqdori bir oz kamayib ketdi. Bunga baliqlarni urchitish sharoitlarining yomonlashuvi sabab bo‘ldi. So‘nggi o‘n yil ichida Amudaryo deltasida suv rejimining o‘zgarishi natijasida asosiy ovlanadigan baliqlar tuxum qo‘yadigan va yosh baliqlar katta bo‘ladigan joylar birmuncha kamaydi, shuning oqibatida baliqlar ko‘payish o‘rniga ozaya bordi. Amudaryo deltalaridagi irmoq suvlari oqimining bir yerga to‘plana borishi natijasida deltaning shimoli-g‘arbiy qismidagi daryo suvi asta-sekin qisqara bordi, bu hol baliqlar tuxum qo‘yadigan bir qator joylarning ishdan chiqishiga va janubi-g‘arbiy tomondagi baliq urchiydigan uchastkalarning yaroqsiz bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. Bu ko‘llarning suvi dengiz suvlaridan ham yuqori darajada sho‘rlandi [3, 4, 11]. Sirdaryo va Amudaryoda irrigatsiya qurilishlarining yanada avj oldirilishi har ikkala daryo suvini tartibga solish hamda ulardagi suvning ko‘proq sug‘orishga sarflanishini taqozo qiladi. Oqibatda, Orol dengizining sathi pasayadi. Orol dengizidagi baliq zapasini saqlab qolish va uni ko‘paytirish uchun avvalo O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlarining suv havzalaridagi baliq zapaslarini ko‘paytirish va ulardan ratsional foydalanish yuzasidan qabul qilgan bir qator qarorlarida ko‘rsatilgan baliqchilik meliorativ tadbirlarini amalga oshirish zarur. Bu qarorlarda deltalardagi baliq tuxum qo‘yadigan joylar va ko‘llar sistemasini yaxshilash, o‘tkinchi (bakra baliq, usach) va yarim o‘tkinchi (zog‘ora baliq, leshch balig‘i, chavoq - plotva) baliqlarni sun’iy yo‘l bilan o‘stirish kabilar qayd qilingan. Bu choralarni amalga oshirish uchun baliq o‘stiriladigan zavodlar qurish, baliq urchitish, o‘stirish xo‘jaliklari tuzish, ovlanadigan yangi baliq turlarini va yem bo‘ladigan jonivorlarni iqlimlashtirish, baliqchilik hamda muhofaza qoidalariga rioya qilish zarur. Baliq ovlash xo‘jaliklari sonini yil sayin oshiriladi. Ayni vaqtda mazkur ko‘llar baliqchiligi yaxshilanib ya’ni vaqt ichida ularda baliq o‘stirishdagi melporatsiya ishlari o‘tkaziladi. Farg‘ona vodiysi ko‘llarida iste’mol baliq yetishtiradigan xo‘jaliklar tashkil etish mumkin, bu esa baliq mahsulini so‘zsiz oshiradi. Suv omborlarining soni va ularning maydoni yil sayin ortib bormoqda, binobarin, baliq o‘stiriladigan qo‘shimcha maydonlar vujudga kelmoqda. Hozirgi vaqtda suv-omborlaridan respublika bo‘yicha 1,5 ming sentner baliq tutilmoqda, ammo bu juda ozdir. Respublikamiz suv omborlaridan ratsional foydalanish maqsadida baliq sanoati boshqarmasi yaqin vaqtlar ichida Surxondaryo, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida yangi baliq sanoati xo‘jaliklari tuzilmoqda. Suv omborlarida har yili mahalliy baliqlar hisobiga 2 ming sentnerdan ziyod baliq tutish mumkin.Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarning ba’zilari amalga oshirilgan taqdirda ham har yili tutiladigan ovlanma baliqni 4-5 ming sentnerga yetkazish mumkin. Hukumatimiz yuqori samarali hovuz baliqchiligini rivojlantirishga aholini yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning mavjud manbalaridan biri sifatida alohida e’tibor bilan qaramoqda [3, 4, 11]. XULOSA 1. Andijon viloyati sharoitida, jumladan Qora daryoning quyi oqimlarida uchraydigan 12 tur o‘rganilib, ularning suyak-tog‘ayli baliqlar, karpsimonlar, olabug‘asimonlar va tikanbaliqsimonlar vakillariga to‘g‘ri kelishligi tahlildan o‘tkazildi. 2.Qoradaryoning quyi oqimida tarqalgan baliqlarni zog‘ora baliq, oqcha, laqqa, ilonbosh, kabilarni daryo o‘zanida; yalang baliq, qora baliq, qum baliq, zog‘ora baliq kabi chuchuk suvli havzalarda turg‘un yashaydigan ekologik guruhlarga ajratish mumkin. 3.Qoradaryoning quyi oqimida soni kamayib boryotgan baliqlar turlariga qizilko‘z, mo‘ylov baliq, qumbaliq, yalangbaliqni, yo‘qalish arafasidagi turga filbo‘yin balig‘ini kiritish mumkin. 4.Baliqlarning hayoti yashash joyning turli-tuman ekologik sharoitlariga bog‘liq bo‘lib, antropogen ta’sirlar tufayli, tabiiy suv havzalardagi baliqlar sonini kamayib borishi, sun’iy baliqchilikni rivojlantirishni taqazo etib: zog‘ora baliq, tovon baliq, karp zotlari uchun suv harorati 12-15 CO dan yuqori bo‘lgan issiq, xon baliq, qora baliqlar uchun harorati nibatan pastroq sovuq akvakultura sharoitlari zarurligi o‘rganildi. 5. Qoradaryo suv oqimi bo‘yicha, maxsus muhofaza tizimini joriy etishni va ayrim turlarni sun’iy akvatoriyalarda ko‘paytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling