biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Xumbosh baliq (do`ng peshona) - Hypophthalmichthys molitrix Valen


Download 460.17 Kb.
bet34/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
123 (3)

Xumbosh baliq (do`ng peshona) - Hypophthalmichthys molitrix Valen Tanasining uzunligi 1 m gacha, massasi esa 16 kg gacha boradi. Ko‘zlari past joylashgan, peshonasi keng. Xumbosh baliq o‘simliklar bilan oziqlanadi. Shuning uchun ularni suv havzalarini suv o‘tlaridan xoli qilish uchun boqiladi. Boshqa baliqlarga nisbatan tez o‘sadi va 7-8 yoshligida jinsiy jihatdan voyaga yetadi. Tanasining uzunligi ham ana shu davrida 60-70 sm ni tashkil etadi. Uvildiriq loyqa suvga suvning temperaturasi 20-24C° ni tashkil etgan paytda ya’na yozning boshlarida tashlaydi. Uvildiriqlari suv qalinligida suzib yuradi. Xumbosh baliq ov qilishi jihatidan katta ahamiyatga ega. Uning massasi 600-1200 grammga yetadi. Ola xumbosh (Hypophthalmichthys molitrix) - karpsimonlar oilasining bir turi. Issiqsevar va tez o‘suvchi baliq. O‘rta Osiyoga xumboshbaliqning chavoqlari bilan aralashib kelib qolgan. Boshi biroz katta, ko‘krak suzgichi ancha uzun. Ola xumbosh suv o‘simliklari va zooplanktonlar bilan oziqlanadi, shuning uchun ichagi qisqaroq. Ola xumbosh ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan, lekin uni O‘rta Osiyoda hovuz xo‘jaligida ko‘paytirish choralari ko‘rilmayapti. Ovlanadigan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi. Xumbosh O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi yirik shaharlar atrofida tashkil etilgan hovuz xo‘jaliklaridan ko‘paytirilayotganligi sababli Toshkent kabi katta shaharlar aholisini yangi, hatto tirik baliq bilan to‘la ta’minlash mumkin [26, 27, 28].

3-jadval
Balqilarning oziq ratsioni va ko’payish xususiyatlari



Baliqlar turlari

Lotinchasi

Oziqlanishlari

Uvildiriqlar soni (mavsum bo’yicha)

1

Sazan-zog’ora

Cyprinus carpio L.

Suv o'simliklari, hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, shoxlangan mo'ylovchi va kurakoyoqli
qisqichbaqalar

2.500.000

2

Laqqa

Cilurus glanis L.



Asosan mayda baliqlar, hasharotlar, kaltakesak va sut emizuchi mayda jonivorlarni yutib yuboradi

136-446.000

3

Судак

Lucioperca lucioperca L.



Suv o'simliklari, mayda baliqlar ya'ni plotva, leyshch, qora ko'z, tarasha, moy baliq

200-500.000

4

Ilonbosh

Ophiocehalus argus can.



Mayda baliqlar, qurbaqalar, suv ilon va boshqa suvga tushgan hayvonlarni yeydi

150-200.000

5

Qorabaliq

Schizothorax intermedius mc clell.

Zuluklar, qisqichbaqalar, sut o'tlari, mayda baliqlar, hasharotlar

50-100.000



Yuqoridagi ma'lumotlar asosida qayd etish mumkinki, Farg'ona vodiysi sharoitida, jumladan Andijon suv havzalarida, Qoradaryo va uning atroflaridagi irmoqlarda baliq urchitish uchun imkoniyatlar mavjud.
Iste'mol baliqlari yetishtirish uchun mahsuldor, yil oxiriga borib iste'molga yarog'li og'irlikga yetib oladigan baliq turlaridan foydalanish, karp, sazan, laqqa va oq amur, xumbosh kabilarni o'stirish yaxshi natijalar beradi.
Qoradaryoning quyi, o'rta va yuqori oqimi baliqlar turlarini to'la tahlildan o'tkazishni, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan turlarni intensiv texnologiyalar asosida ko'paytirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.


Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling