biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
Iqlimi. Farg’ona vodiysining o’rtacha yillik, oylik harorati O’zbekistonning boshqa mintaqalariga nisbatan ancha past bilib, ayniqsa qishki harorat 2-4°С farq qiladi. Vodiyning qishi nisbatan sovuq bilib, havoni keskin sovib, ilib ketishi kamroq kuzatiladi.
Sharqiy Farg’onada bahor nisbatan kech keladi, bu jarayon kechki bahorgi ushuq urish hodisalarini kamroq, sovuqsiz kunlarning uzun bo’lishiga olib keladi. Andijonda o’rtacha yillik harorat 12,8oC ni tashkil etadi, yoz oylarida bu ko’rsatkich 30oС ga yaqinlashadi. Yillik atmosfera yog’ini 226 mm ni tashkil etib, bu ko’rsatkichlar yanvar, fevral, mart, aprel, may, hamda noyabr, dekabr oylarida nisbatan yuqori bo’ladi. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ladiki, Sharqiy Farg’ona qishda haroratning nisbiy sovuqligi, qishda haroratning deyarli tebranmasligi, nisbiy kechki bahorgi hamda erta kuzgi ushuq urish hodisalarining kamligi, sovuqsiz kunlarning uzunligi, yozda haroratning nisbiy mo’tadiligi bilan ajralib turadi. Bu holat Farg’ona vodiysining umumiy iqlimiy xususiyatlari bilan ham bevosita bog’langan, jumladan vodiyning deyarli hamma tomoni baland tog’lar bilan o`ralib turishi, shimol, g’arb va janubdan sovuq va iliq havo massalarini vodiyga bemalol kirishiga ma’lum darajada tisqinlik qiladi. Andijonda sovuq kunlarning davomiyligi o’rtacha 223 kunni tashkil etadi, bu ko’rsatkichning eng pastki nuqtasi 188 kunga va eng yuqorigi nuqtasi 271 kunga tog’ri keladi [24, 37, 39]. Umuman olganda yillik harorat va atmosfera yog’inlari miqdori g’arbdan-sharqqa tomon pasayib boradi. Sharqiy Farg’onada atmosfera yog’inlari miqdori vodiyning g’arbiy mintaqalariga nisbatan 2,5-3 marta ortiq bo’ladi. Nisbiy namlikni o’zgarishiga tog’ yonbag’irlarining nam havoga ekspozitsiyasi, joyning dengiz sathiga nisbatan balandligi, shamollarning taqsimlanishi va boshqa omillar ta’sir etadi. Sharqiy Farg’onada kuz iliq va davomli bo’ladi. Ayrim hollarda bu jarayon dekabrlargacha chiziladi. Masalan, viloyatning sharqiy qismida kuz ertaroq (Qo`rg’ontepa, Jalaquduk, Xo`jaobod tumanlari), shimolda esa Andijon shahrida nisbatan 3-5 kun kech boshlanadi. Viloyatda o’rtacha harorat oktyabrda 13°C, noyabrda esa 6°C tashkil etib yog’inlar nisbatan kam bo’ladi. Sharqiy Farg’onada mart oyining o’rtacha harorati 5oC. Yillik yog’inning 41,2 % (90-93 mm) bahor oylariga tig’ri keladi. Bahor oylarida turg’un ob-havo bilan bir vaqtda, ba’zan haroratni pasayib ketishi, davomli yog’inlar, dillar bo’lishi ham kuzatiladi [24, 37, 39]. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling