Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Tadqiqotning asosiy maqsadi, Qoradaryo suv havzasi quyi oqimi baliqlarini tahlil qilishdan, kamyob turlarni o'rganish va bioekologik xususiyatlarini chuqurroq o'rganishdan iborat.
- Qoradaryo suv havzasi quyi oqimi bilan bog'liq keng tarqalgan turlar tarkibini
aniqlash;
- baliqlarning o'sishi, morfometriyasi masalalarini o'rganish;
- mahsuldorligi yuqori bo'lgan baliqlar turlarini asoslash;
- baliqlar populyatsiyalari bilan bog'liq ko'payish xususiyatlarini ilmiy tahlildan o'tkazish asosiy vazifalardan deb belgilandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Andijon viloyati sharoitida Qoradaryo quyi oqimi baliqlarining tur tarkibi, tarqalishi va ekologik xususiyatlari ilmiy tomondan asoslanadi va natijalar ilmiy manbalar bilan taqqoslanadi. Ixtiofaunaning zamonaviy xolatini baxolash, baliqlarning biologiyasi, ekologiyasi va baliq resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi bo‘yicha Qoradaryo suv havzasi quyi oqimiga mansub, 12 tur baliqlar xarakterlangan.
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqotda umumiy zoologik kuzatish metodlaridan, morfometrik usullardan, aniqlagich va “Qizil kitob” materiallaridan foydalanildi. Suvning “harorat gradiyenti” va u bilan bog‘liq uvildirig‘idan tortib, baliqlarning umumiy rivojlanish xususiyatlari, baliq chavoqlarining adaptatsiyasi, yashab qolish ko‘rsatgichlari mavsum davomida kuzatildi. Fitoplankton, suv o‘tlar, zooplankton umumiy metodlar (bir metr kvadrat yuza hisobidan) tahlildan o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Andijon viloyati sharoitida Qoradaryo quyi oqimi baliqlarining tur tarkibi, tarqalishi va ekologik xususiyatlari ilmiy tomondan asoslanadi va natijalar ilmiy manbalar bilan taqqoslanadi. Baliqlarining o'sish ko'rsatgichlari o'rganilib, turlar muhofazasi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Hozirgi dolzarb masalalardan biri tabiiy suv havzalaridagi turlarni tahlildan o'tkazish, kamyob turlarni o'rganish va muhofaza masalalarini hal etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |