biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi


Download 460.17 Kb.
bet6/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqotda umumiy zoologik kuzatish metodlaridan, morfometrik usullardan, aniqlagich va “Qizil kitob” materiallaridan foydalanildi. Suvning “harorat gradiyenti” va u bilan bog‘liq uvildirig‘idan tortib, baliqlarning umumiy rivojlanish xususiyatlari, baliq chavoqlarining adaptatsiyasi, yashab qolish ko‘rsatgichlari mavsum davomida kuzatildi. Fitoplankton, suv o‘tlar, zooplankton umumiy metodlar (bir metr kvadrat yuza hisobidan) tahlildan o‘tkazildi.
Baliqlarning morfometrik o’lchovlari quyidagi tarzda olindi.
Gavdasining umumiy uzunligi (1) – tumshug‘ining eng oldingi nuqtasidan dum suzgichining uchigacha bo‘lgan masofa; agarda dumining pastki suzgichi uzunroq bo‘lsa, baliqning uzunligini aniqlashda uning oxirgi nuqtasidan yuqoriga vertikal chiziq bo‘ylab aniqlangan nuqtasigacha;
Gavda uzunligi (1) – tumshug‘ining eng oldingi nuqtasidan tananing tangachalar bilan qoplangan oxirgi nuqtasigacha bo‘lgan orali;
Bosh uzunligi (S) – tumshug‘ining oldingi nuqtasidan jabra qopqog‘ining oxirgi qirrasigacha bo‘lgan masofa;
Gavda balandligi (N) – orqaning eng yuqorigi nuqtasidan (orqa suzgichining oldidan) qorinning eng pastki nuqtasigacha bo‘lgan oraliq
Gavda aylanasi (O) – orqa suzgichning oldingi qismida tananing butun aylanasi kabi morfometrik ko‘rsatgichlardan foydalanildi.
Ushbu tana o‘lchamlari baliqlarning katta-kichikligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Bundan tashqari baliqlarning eksteryerini baholash uchun olingan tana o‘lchamlari asosida ularning quyidagi tana indekslari hisoblanadi.








Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Andijon viloyati sharoitida Qoradaryo quyi oqimi baliqlarining tur tarkibi, tarqalishi va ekologik xususiyatlari ilmiy tomondan asoslanadi va natijalar ilmiy manbalar bilan taqqoslanadi. Baliqlarining o'sish ko'rsatgichlari o'rganilib, turlar muhofazasi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Hozirgi dolzarb masalalardan biri tabiiy suv havzalaridagi turlarni tahlildan o'tkazish, kamyob turlarni o'rganish va muhofaza masalalarini hal etishdan iborat.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling