biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Download 460.17 Kb.
bet4/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Ishning umumiy tavsifi:
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: O'lkamiz sharoiti, ayniqsa hayvonot dunyosi xilma – xil bo'lib, keyingi yillarda uni o'rganishga, biologik xilma-xillikni saqlash va baliqchilikni rivojlantirish masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF 4947-son “O’zbekiston Respulikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xrakatlar strategiyasi to’g’risida’’ 1gi farmini va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 1-maydagi PQ 2939-son ,, Baliqchilik tarmog’ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi qarori xamda mazkur faoliyatiga tegishli boshqa meyoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu ilmiy ish muayyan darajada xizmat qiladi.
Ta`kidlash lozimki, xozirgi davrga kelib O’zbekiston sharoitida baliqlarning tabiiy zaxiralaridan ancha kamayib ketganligi, suniiy baliqchilikni rivojlantirishni taqazo etib, Prezidentimizning ,, Baliqchilik soxasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida’’gi 2018 yil 6-noyabrdagi qaroridan so’ng, baliqchilik soxasini rivojlantirishning yo’nalishlari belgilanib, ichki bozorni sifatli va arzon baliq maxsulotlari bilan to’ldirish masalasi ustuvor vazifa qilib belgilangandi.
Tabiiy suv xavzalaridagi baliq resurslarini o’rganish, turlar tarkibini taxlil qilish va ular bilan bog’liq muxofaza masalalarini ishlab chiqish, xozirgi kuning dolzarb masalalaridan biri xisoblanadi.
Aholining ratsional oziqlanashi uchun oqsil, yog', uglevod, vitaminlar (A,D,V,S), mineral moddalar (fosfor, temir, yod) nihoyatda zarur bo'lib, ularning barchasi baliq mahsulotida mavjuddir. Shuning uchun ham baliq insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ozuqa turlaridan biri hisoblanadi.


1O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi Farmoni
Keyingi yillarda Respublikamizning ichki suv havzalarida – ko'llar, xovuzlar, suv omborlarida hamda sun'iy baliqchilik havzalarida baliq yetishtirish yo'lga qo'yildi.
Tabiiy suv havzalardagi umumiy baliq zahiralarining kamayib ketishi bunga asos bo'ladi va yangi soha akvakultura shakllandi.
Baliqlarning xayotida suvning tozaligi, xarorati va ayniqsa ozuq manbai xisoblangan zooplankton, suv o’tlari alohida axamiyat kasb etadi.
Qoradayo bilan bog’liq, barcha suv havzalarida zooplankton va fitoplankton keng tarqalgan bo’lib, qorin oyoqli molyuskalar, ninachilar nimfalari, qizil chuvalchanglar, gidralar, ikki qanotlilar lichinkalari, suv chayonlari va qo’ng’izlari, dafniya, sikloplar zooplanktoning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Mayda baliqlarning hayoti zooplankton bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, ayniqsa baliq chavoqlarining soni ozuqa manbaiga qarab o’zgarib turadi
Fitoplankton, suv o’tlarining ustki va ostki vegetatsiya qismlari, o’txo’r baliqlar hayotida kata ro’l o’ynaydi. Ulardan ulotriks, spirogyra, klodafora, xara kabilar chuchuk suvlarda keng tarqalganligi bilan ajralib turadi. Barcha suv o’tlar produtsentlar guruhini tashkil etib, zooplankton bilan birga, o’zaro bog’liq baliqlar hayotida muhim ro’l oynovchi oziq zanjirini shakillantiradi( Allen 1981).
Baliq chavoqlarining tabiiy holda nobut bo’lishi( suv sharotiga moslasha olmaslik, kasalliklar, yirqichlar tufayli), ko’proq yuvenil davriga to’g’ri kelishi, bu ko’rsatkich bazan 30% ga yetishi ko’l sharoitida o’rganildi.il qilindi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining «Qishloq xo'jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi» ustuvor yo'nalishiga muvofiq bajarilgan.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling