biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi


Download 460.17 Kb.
bet18/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37
Bog'liq
123 (3)

2.2. Tadqiqot mavzusi bo'yicha adabiyotlar sharhi
Ixtiologiya sohasidagi ilmiy ishlar Orol dengizi, Issiqko'l suv havzasi baliqlarini o'rganishdan boshlandi.
1899-1903 yillarda Orol dengizi, Sirdaryo, Balxash va Issiq ko'lda ixtiolog olim L.S. Berg ilmiy izlanishlar olib borib, o'zining “Turkiston baliqlari” nomli asarini nashrdan chiqardi. Bu asar o'sha davrda juda katta ahamiyatga ega bo'lib, baliqlar to'g'risidagi qimmatli materiallarni o'zida jamlagan edi.
1928-1945 yillarda G.V. Nikol’skiy Chu daryosi, Orol dengizi, Amudaryo baliqlarini o'rganib, ularni tur tarkibi, ko'payishi haqida yangi ma'lumotlarni to'pladi va qator maqolalar e'lon qildi.
Biroq songi yillarda Qoradoryo ayniqsa uning quyi qismlarida tadqiqotlar olib borilmagan. Ilgarigi tadqiqotlar esa o’tgan asrni 1971 -yillarida А. Baltaboyev olib borilgan bo'lib baliq resurslarining hozirgi zamonaviy xolatni o’zida aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, baliqlarning tur tarkibi, taqsimlanishi, ekologik xususiyatlarini o’rganish hamda baliq resurslaridan barqaror foydalanish yo’llarini ishlab chiqish amaliyotga tadbiq etish muhim ilmiy va amaliy axamiyatga ega.
O'rta Osiyo faunasini, o'rganishda D.N.Kashkarov, T.Z.Zoxidov, A.K.Sagitov, R.N.Meklenburtsev, J.L.Laxanov, O.V.Mitropol`skiy, M.V.Kalujina, S.B.Bakoev va boshqa olimlarning xizmatlari alohida o'rinda turadi.
Prof. D.N.Kashkarov o'zining ekologiya maktabini shakllantirib umurtqali hayvonlarni o'rganishda o'zining salmoqli hissasini qo'shdi, juda ko'p shogirdlarni tarbiyaladi.
Ixtiofauna masalalari Zohidov T.Z., Komilov G.K., Abdullaev M.A., Boltabaev A.B., Komilov B.G. va boshqa olimlar ishlarida keng tahlil qilingan.
Mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamlaridayoq buyuk ma'naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy uyg'onishlar g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib kelmoqda.
Tabiat insoniyatning ko'p qirrali faoliyati uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan bebaho boyliklar xazinasidir. Ammo, bu boyliklarni cheksiz, sira tuganmas deb hisoblash, unga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish yomon oqibatlarga olib keladi [1,2].
Boshqa biologik resurslardan O'zbekistonda baliq resurslari ayniqsa katta ahamiyatga egadir.
O'zbekistonda asosan zog'orabaliq, oq amur, tovonbaliq va do'ngpeshona baliq urchitiladi. Urchitiladigan baliqlar turini ko'paytirish hamda iliq suvli havzalar bilach cheklanmaslikning vaqti keldi. Chunki yaqin orada Toshkent yaqinida boshqa viloyatlarda, Andijon suvomborlarida sovuq suvli havzalar vujudga keldi. Shuning uchun endi xonbaliq urchitiladigan xo'jaliklar tashkil etish imikoniyati tug'ildi.
Respublikada qo'shimcha biologik mahsulot olishning yana bir yo'li ba'zi hayvon turlarini iqlimlashtirish yo'li bilan fauna turlarini ko'paytirish hisoblanadi. Bunda hali ko'p imkoniyatlardan foydalanilganicha yo'q, ko'plab ko'l, daryo, suv omborlarida ondatra va nutriya kabi hayvonlarni ko'paytirishning imkoniyatlari bor. Bundan tashqari, respublikamizda qimmatbaho baliq turlarini iqlimlashtirish ham katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling