biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
III- BOB. BALIQLAR EKOLOGIYASI VA TARQALISHI
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
III- BOB. BALIQLAR EKOLOGIYASI VA TARQALISHI
3.1. Tashqi muhit omillarining tasiri Baliqlar uchun suv (hovuzning tuprog‘i, bakteriyalari, suv o‘tlari va umurtqasiz hayvonlari bilan) tashqi muhit hisoblanadi, hamda baliq tanasidagi kechayotgan barcha hayotiy jarayonlarga (nafas olishi, oziqlanishi, qon ishlab chiqarish va qon aylaniishi, nerv faoliyati, ko‘payish va o‘sish) ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham baliq hayotini bir maromda ushlab turishda hovuzdagi zoogigiyena sharoitlarni optimal darajada ushlab turish katta ahamiyatga ega. Baliqlar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘pgina tashqi muhit omillaridan eng asosiylari – suvning issiqlik, gaz va tuz rejimlaridir. Bu omillarni o‘zgartirish bilan tashqi muhit sharotini o‘zgartirib, baliqlarning yuqumli kasalliklarini oldini olish mumkin. Suvning temperaturasi baliqlarning nafaqat o‘sish va rivojlanishiga, balki kasalliklarining paydo bo‘lishiga va kechishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu degani – eng past temperatura (0,1-0,2°C) bilan birgalikda eng yuqorisi (30 C° dan yuqorisi) karp baliqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqa turdagi baliqlar uchun u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin, Har xil turdagi baliqlarning rivojlanish davrlarida (uvildiriq, lichinka, chavaq va h.k.) suv harorati ma’lum bir darajada bo‘lishi shart. Hayvonlarning barcha turlari, shu jumladan, inson ham harorat bobida «biologik nolga» teng yoki organizm hayot faoliyati tugaydigan eng past temperaturaga ega bo‘lib, yaxshiyamki bu jarayonni qayta tiklash mumkin. Suvning past harorati baliqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, periferik qon tomirlarining qisilishiga, nafas olishning susayishiga, ozib ketishiga, modda almashinuvining buzilishi natijasida glikoliz, keyinchalik esa autoliz jarayonining rivojlanishiga, hamda asta-sekinlik bilan baliqlarning o‘limiga sabab bo‘ladi. Suv haroratining o‘zgarishi faqat baliqlarga ta’sir qilib qolmasdan, balki har xil parazitlarning rivojlanishini kuchaytirib, kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, virusli gemorragik septitsemiya suv harorati 10-12 C° ga pasayganda paydo bo‘lsa, aeromanoz, VPP, bronxiomikoz kasalliklari suvning harorati 20-25 C° dan oshganda og‘irroq kechadi. Qishning sovuq kunlari karp baliqlarining shu yilgi maydachalari shamollash (Shtaff kasalligi) va jabralarining kasallanishiga duchor bo‘lishi oqibatida ko‘plab o‘lim kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari suvning sovib yoki isib ketishi, boshqalar uchun zarur bo‘lgan tabiiy ozuqalarning kamayishiga, suvdagi zaharlovchi moddalarning ko‘payishiga va umuman olganda baliqlar uchun zarur bo‘lgan fauna hamda flora turlarining o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Suv atmosferadan azot, kislorod va karbonat angidrid olib ba- liqlarning hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan zoogigiyenik muhit yaratadi, hamda suvdagi gaz miqdorining oshib ketishi yoki ka- mayishi baliqlarning hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vodorod sulfid va metan gazining mavjudligi esa suv havzasining antisanitariya holatda ekanligidan dalolat beradi, bunday suvlarda har xil kasalliklar xuruji kuchayib baliqlarning ko‘plab o‘limiga sabab bo‘ladi. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling