biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Baliqlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
3.2.Baliqlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari
Hovuzlarda urchitiladigan baliqlarning mahsuldorligini oshirish, foydali biologik xususiyatlarini takomillashtirish uchun ular- ning o‘zlariga xos o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq bilish talab qilinadi. Rivojlanish, deganda organizmda sodir bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarning yig‘indisi, o‘sish deganda esa faqat miqdor o‘zgarishi tushiniladi. Demak, o‘sish, rivojlanishning bir tomonlama xususiyatidir. Baliqlarning rivojlanishi yakka otalangan tuxum hujayrasidan boshlab to‘liq yetilgungacha bo‘lgan murakkab yo‘lni o‘z ichiga oladi. Bu hodisa o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan differensiallanish va o‘sish jarayonlarining bir butunligida sodir bo‘ladi. O‘sish deganda organizmning faol qismlarida vaznining ortishi tushuniladi. O‘sish murakkab organizmni tashkil qiluvchi hu- jayralarning va hujayralararo to‘qimalarning hosil bo‘lishi va kat- talashuvi hisobiga sodir bo‘luvchi jarayondir. Organizm tomonidan namlikning ortiqcha shimilishidan shishishi, jinsiy to‘qimalarning to‘planishi, modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindi mahsulotlarning (siydik, tezak) to‘planishi o‘sishga kirmaydi. Organizmda to‘plangan ortiqcha yog‘ o‘sishga kiradi, chunki bu yog‘ o‘sish jarayonidagi modda almashinuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok qiladi. Hayvonlar, jumladan, baliqlar organizmida rivojlanish ikki bosqichda: embrion (zigota hosil bo‘lgandan lichinkaning hosil bo‘lishigacha) davrida va lichinka hosil bo‘lganidan boshlab barcha bosqichlardan o‘tib o‘lguncha bo‘lgan davrda sodir bo‘ladi. Rivojlanish har bir turga va zotlarga kiruvchi baliqlarda ham alohida organizmda o‘ziga xos xususiyat bilan kechadi. Baliqlar hayotining embrion davri ikraning otalanishidan boshlanib, 2–7 kun davom etadi va birnecha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Bu davrning qancha vaqt davom etishi suvning haroratiga bog‘liq. Ikra otalanganidan keyin murtakcha (зародo‘ш) halqasining parchalanishi hisobiga hujayralarning ko‘payishi sodir bo‘ladi va bu bosqich morula deb ataladi. Undan keyin hujayraning ikkitadan qatlami hosil bo‘ladi. Bu bosqich blastula deb atalib, 12–16 soat davom etadi. Ikkinchi kunning boshlarida tuxum sarig‘i atrofidagi hujayralar soni jihatidan tez ko‘payadi, natijada murtak uchun joy hozirlanadi. Bu bosqichlar pastula deb ataladi. Embrion rivojlanishning navbatdagi organogenez deb ataluvchi yakunlovchi bosqichida embrionning to‘qima va a’zolarini hosil qiluvchi murtak qatlamchalari hosil bo‘ladi. Bu jarayon chamasi bir kun davom etadi. Ushbu hodisalardan keyin 3-4 kun ichida embrionning aniq seziladigan pigmentlangan ko‘zlari, bosh miyasi, qon tizimi, suz- gichlarining birlamchi o‘simtalari hosil bo‘ladi va ikradan ochilib chiqadi. Shundan keyin baliqlarning embriondan keyingi davri boshlanadi. Uning dastlabki 25–30 kun davom etadigan bosqichi lichinka davri deb atalib, bu davr ham o‘sishining jadal yoki sust kechishi bilan bir-biridan farq qiluvchi to‘rtta biologik siklni o‘z ichiga oladi. I sikl – 4–6 kun davom etib, ochilib chiqqan lichinkalarning o‘ta jadal oziqlanishi va o‘sishi kuzatiladi. Bu siklning o‘ziga xos biologik xususiyati shundan iboratki, endigina ochilib chiqqan lichinkalarning shu davr mobaynidagi ehtiyoji to‘liq sariq xaltachadagi mavjud ozuqalar va kislorod hisobiga qondiriladi. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling