biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Suvdagi erkin holdagi karbonat kislotasining miqdorini aniqlash usuli
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
Suvdagi erkin holdagi karbonat kislotasining miqdorini aniqlash usuliErkin karbonat kislota miqdorini aniqlash usuli suvga ishqor eritmasini qo‘shib, uning erkin karbonat kislotani biriktirib olishi- ga asoslangan. Titrlashning oxirgi nuqtasi – pH–8,3–8,4 qiymatni, demak erkin karobonat kislota miqdori nolga teng bo‘lgan holat hisoblanadi. Indikator sifatida fenolftalein qo‘llaniladi. Bunda u pH–8,3 ga teng bo‘lganda qizg‘ish rangga bo‘yaladi. 150–200 ml li sklyankalarga har bir aniqlanadigan joydan, xud- di suvning tarkibidagi erigan kislorodni aniqlashdagi kabi ehtiyot- korlik bilan ikkitadan namuna olinadi. Karbonat kislotasi bo‘lgan suv namunasi tezda o‘zgaradi, Shuning uchun uni aniqlashni shu joyning o‘zida yoki laboratoriyaga olib kelinishi bilanoq o‘tkazish lozim. Kolbaga ortiqcha solingan suvni tortib olib uning miqdorini 100 yoki 150 ml ga tenglashtiliradi. Darajalangan pipetka bilan suv- ga 0,1 ml 1 %li fenolftaleinning spirtdagi eritmasini qo‘shib, yax- shilab aralashtiriladi. Fenolftalein qo‘shilgan eritma uning tarkibi- da 0,02 bo‘lsa, rangsizlanadi, karbonat kislotasi bo‘lsa och qizg‘ish tusga kiradi. Agarda, suv rangsizlanib qolsa, undagi erkin karbonat kislotasi aniqlanadi. Buning uchun namuna NaOH yoki Na2CO3 0,02 N erit- masi bilan avvalgi yo‘qolib ketuvchi qizg‘ish rang yo‘qolmaydigan holatga kelguncha titrlanadi. Hosil bo‘lgan rang boshqa idish- ga solingan mineral andozaga taqqoslanadi. Agar 5 daqiqa ichi- da qizg‘ish rang yo‘qolmasa byuretkadan titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori hisoblanadi. Titrlash uch marta takrorlanib, sarf- langan eritma hajmining o‘rtachasi hisoblab chiqariladi. Hovuzlarda karbonat kislotasi erkin holda hamda ionlar holi- da bo‘ladi. CO2 suvga atmosferadan tushadi. Bu jarayon tarki- bida ushbu gaz juda kam bo‘lgan dengiz suvida sodir bo‘ladi. Suvdagi CO2 ning asosiy manbayi suvda va tuproqda mavjud bo‘ladi. Suvdagi CO2 ning asosiy manbayi suvda va tuproqda mavjud bo‘lgan organik moddalarning oksidlanishi va suvdagi organizmlarning nafas olishidir. Ajralib chiqadigan CO2 yuqorida aytilgan jarayonlar natijasida suv bilan birikib, karbonat kislota- si hosil qiladi. CO2+ H2O – H2CO3 Suvda karbonat kislotaning bo‘lishi kalsiy karbonatni, suvda yaxshi eriydigan kalsiy gidrokarbonatga aylantiradi. CaCO3+ H2CO3 – Ca4(HCO3)2 Demak, bu tuzlarning eruvchanligi, suvni karbonat va gidrokar- bonat ionlari bilan boyitadi. Tabiiy suvlarda karbonat kislota CO2 gazi sifatida, gidrokar- bonat ioni – H2CO3 H+HCO3 2H+CO3 shaklida uchraydi. Suvda CO2 gazining kamayishi esa, suvning pH kamayishiga olib keladi. Agar suvdan CO2 gazi yo‘qolsa, suvning pH–8,4 dan yuqoriga ko‘tariladi. pH – qiymati 8–9 orasida bo‘lsa deyarli ham- ma karbonat kislota ionlari HCO3 shaklida bo‘ladi, bu vaqtda er- kin karbonat kislota miqdori juda ham kam bo‘ladi. pH qiymati 9 dan katta bo‘lganda erkin karbonat kislota deyarli bo‘lmay va suv- da faqat HCO3 va CO3 ionlari bo‘ladi. Erkin karbonat kislotasi o‘simliklar uchun ozuqa manbayi- dir, ular ugleroddan o‘z to‘qimalari va hujayralarini tuzish uchun foydalanadilar. Yoz paytida suv o‘simliklarining gullash vaqtida H2CO3 ning suvdagi miqdori bir xil bo‘lmasdan, kunduzi kamayib, kechasi ko‘payadi. Ko‘plab tekshirishlarning natijasiga ko‘ra suv o‘simliklarining fotosintez jarayoni karbonat kislotasining miqdori 0,1 dan 0,9 %ga- cha bo‘lganda esa susayganligi aniqlangan. Erkin karbonat kislotasining yuqori konsentratsiyada bo‘lishi baliqlarning fiziologik holatiga manfiy ta’sir qiladi. Masalan, losos- simonlar uchun uning ruxsat etiladigan eng yuqori miqdori 120– 140 mg/l, o‘simlikxo‘r yosh baliqlar uchun – 200 mg/l, shu xilda- gi katta baliqlar uchun 280–300 mg/l, karp uchun 200 mg/l dan yuqoriroq. Karp baliqlarini urchitadigan hovuzlardagi karbonat kis- lotasining me’yoriy chegarasi yozda 20 mg/l, qishda 40 mg/l. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling