biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Gobio gobio lepidolaemus Kessler– qumbaliq
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schizothorax intermedius Mc Clelland- oddiy qorabaliq
Gobio gobio lepidolaemus Kessler– qumbaliq
O'zbekistondagi ko'pchilik daryolarda qumbalik uchraydi. Urchuqsimon cho'ziq tanasi anchagina yirik tangachalar bilan qoplangan. Og’zi pastki yoki uchki. Pastki labi yupqa, o'rtasidan ajralgan. Ustki labi ham yupqa bo'lib, lekin butun. Og’zining burchaklarida bittadan mo'ylovi bor. Ko'zlari bir oz cho'ziq. Jag' tishlari ilmoqli bo'lib, cho'zilib o'sgan. Yon tomonlarida 7-12 ta dog’i bor. Tanasining o'zunligi 11 sm gacha boradi. Respublikamizda kumbalik Amudaryoda Termizdan boshlab, uning quyi qismigacha, Qashqadaryo va Zarafshon havzalarida. Sirdaryoda (uning yuqori kuyilshida, Norin va Siradaryoda) va uning irmoqlarida (Ohangaron va Chirchiqda) yetishtiriladi. Qumbaliq suvi okmaydigan yoki sekin oqadigai xav-zalarda; ko'llarda, ariqlarda va hatto suv bostirilgan sholipoyalarda yashaydi. Sirdaryoda ular daryo o'zanida bo'ladi. Qumbaliq asosan suv ostida yashovchi umurtkasiz xayvonlar bilan oziklanadi. Ularning uvildirik tashlash davri aprel va mayga to'g'ri keladi. Ular mayda bo'lgani tufayli ov qilish jixatidan unchalik katta ahamiyatga ega emas. Lekin ularning go'shti nihoyatda mazali bo'ladi. Qumbaliq o'txo'r baliq, qaysiki u bu boradagi eng qimmatli baliqlar bilan rakobat qila oladi va ular iste'mol qiladigan o'simliklar bilan oziklanadi. Schizothorax intermedius Mc Clelland- oddiy qorabaliq Tog'lik daryolarda va soylarda qora balik (zarda balik) ni juda ko’plab uchratish mumkin. Tanasi cho'ziq, urchuqsimon, sirti mayda tangachalar bilan qoplangan. Ogzi pastda joylashgan. Pastki labi yoki o'rtasidan ajralgan, yoki tutash xoshiya hosil etadi. Mo'plovlari to'rtta. Tanasining uchki bo'shlig'i qora parda bilan qoplangan. O'zunligi 50 sm atrofida bo'lib, massasi 1 kg gacha boradi. Qora baliqlar Nurota tog' tizmalarining soy va buloqlarida kuplab uchraydi. Bundan 20-30 yil ilgari bunday baliklar Chirchikda, Ohangaronda va Toshkent oblastining tog'li qismidagi mayda soylar va daryochalarda hamda Samarkand atroflarpda juda ko'p bo'lar edi. Keyingi vaqtlarda ularni yirtqichlarcha (portlovchi moddalar bilan) ovlash tufayli bunday baliklar keskin kamayib ketdi. Qora baliqlar Zarafshonda, Qashqadaryoda, Surxondaryoda, Nornda va ularning irmoqlarida yashaydi. Bu baliklarning tarqalish oblastlari daryolar, Orta va Markaziy Osiyo, shuningdek, Qozog'istondagi ko'llar bilan chegaralangan. Qora baliqlar, odatda tez oqadigan toza okar suvlarda yashaydi. Ko'ksuv va Boshqizilsoyda 1,5-2 m balandlikdagi suv sharsharalarida ham bu baliqlarni kuzatgan vaqtlarim bo'lgan. Nurota tog'larida ko’ra baliklar deyarli hamma soylarda, buloklarda va hatto buloq tubidagi mayda quduqlarda ham yashaydi. Qora baliklar zuluklarni yo'qotish uchun bulok va quduqlarga ataylab qo'yiladi. Qora balik qo'yilgan havzalarning suvi hamisha toza buladi: u yerda zuluk ham, qisqichbaqalar ham, suv o'tlari ham bo'lmaydi. Qora baliqlar bo'lmagan qo'shni buloklarda umurtqali jonnvorlar to'lib-toshgan bo'ladi. Qora baliqlar o'simliklar (suv o'tlari) va hayvonot ovqatlar (qis-qichbaqasimonlar, hasharotlar, mayda baliqlar) bilan oziqlanadi. Zarafshon daryosida qora baliqlarning yoppasiga uvildiriq tashlash davri may oyiga to'g'ri keladi. Baland tog'larga bu davr muddati iyundan sentabr oyigacha cho’ziladi. Yosh baliqchalar juda tez rivojlanib, bir yoshga yetishi bilan (dumidan tashkari bo'yi 10-12 sm kelganda) jinsiy jixrtdan voyaga yetadi. Qora balikning go'shti nixoyatda mazali bo'ladi. Lekin ov kilishda xech qanday ahamiyatga ega emas. Ular asosan breden, oqizok karmoq yordamida va tog'li soylarning qirgoqlarida qo'l bilan tutiladi. Ko'pincha qora baliklar tog'li soylarning sayoz yerlariga qo'yilgan okizok karmoklarga tushib qoladi. Yozgi payt-larda sharsharalarga, Kuprik ostnga va suv aylanib oqadigan aylanmalarga tashlab qo'yilgan karmoklarga idinib turadi. Qora baliklarning uvildiriqlari zaharli bo'ladi. Shunga ko'ra Nurota aholisi bu baliklarni ovqat uchun iste'mol kilnshda juda ehtiyot bo'lishadi. Ba'zi joylarda mahalliy aholi bu balikning zaharliligini hisobga olib, uni muqaddas baliq deb hisoblasa kerak. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling