biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


IV- BOB. ASOSIY QISM. QORADARYO QUYI OQIMI IXTIOFAUNASI VA TURLAR TAVSIFI


Download 460.17 Kb.
bet25/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
123 (3)

IV- BOB. ASOSIY QISM. QORADARYO QUYI OQIMI IXTIOFAUNASI VA TURLAR TAVSIFI
4.1. Tabiiy ozuqa resurslari
Suv havzalarida baliqchilikni to'g'ri tashkil etish uchun nafaqat uning baliqlari yashaydigan gidrologik va gidrokimyoviy sharoitlarini bilish, balki tabiiy ozuqa resurslarini o'rganish ham zarur.
Qoradaryoningquyi qismi – oqimining tezligi, daryo tubi toshli-shag'alli, suv harorati yozda 18,5-24,7°C ni tashkil etishi va suv haroratining yillik va kunlik o'zgarishi yuqori amplitudasi bilan tavsiflanadi.
Fitoplankton Perifiton jamoalari sovuq suvli ritrobiont turlari bilan ifodalanadi va suv toshqini davridan tashqari yil davomida yaxshi rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. O'rganish va namuna olish vaqtida perifiton jamoalarining yaxshi rivojlanishi kuzatildi.
Qoplanmalarda sezilari ravishda o'ziga xos bo'lgan shimoliy-al’p x-, x-o-, o- i o-b-saprob diatom suvo'tlari, xususan Achnanthes lanceolata va uning variatsiyalari, A. inearis, Ceratoneis arcus va uning variatsiyalari, Cymbella helvetica, C. Hustedtii, C. delicatula V. sibirica, C. Stuxbergii, C. turgida, Diatoma hiemale, D. hiemale var. mesodon, Didymosphenia geminata, va unchalik mo'l bo'lmagan holda Meridion circulare va Melosira arenaria rivojlangan. Yil davomida
Achnanthes, Cocconeis, Cymbella, Diatoma, Fragilaria, Gomphonema, Navicula, Nitzschia, Synedra urug'lariga kiruvchi diatom suvo'tlarining rivojlanishi kuzatiladi. Yoz–kuz fasllarida ko'k yashil suvo'tlari – Merismopedia glauca, Anabaena sp., Oscillatoria planktonica, Phormidium ambiguum, Ph. autumnale, Lyngbya limnetica va L.Kuetzingii qayd etildi.
Yil davomida yashil ipsimon suvo'tlaridan bo'lgan Ulothrix zonata va Ul. tenuissima, yozgi-kuzgi davrlarda esa qoplamalar tarkibida Spirogyra sp., Sp. porticalis, Cladophora glomerata turlari paydo bo'ladi. Hydrurus foetidus oltin suvo'tlarining ko'plab rivojlanishi bahor-yoz davrida kuzatildi. Perifton jamoalar yil davomida yaxshi rivojlangan va asosan Achnanthes, Cocconeis, Cyclotella, Cymbella, Diatoma, Fragilaria, Gomphonema, Melosira, Navicula, Nitzschia, Synedra, Surirella urug'lariga kiruvchi o-, o-b-, b-, b-a-mezosaprob suvo'tlari bilan namoyon bo'ladi. Yozgi–kuzgi davrlarda unchalik kata bo'lmagan mo'llik bilan shimoliy Al`p x-, x-o- saprob diatomlari Achnanthes lanceolata v. rostrata, Ah. linearis, Ceratoneis arcus va var. amphioxys, Cymbella helvetica, Diatoma hiemale v. mesodon, Didymosphenia geminata, Synedra amphicephala rivojlanadi. Xuddi shu davrda ko'k-yashil suv o'tlarining kolonial va ipsimon shakllari rivojlanishi kuzatiladi. Kuzatishlarning butun davrida yashil suvo'tlaridan Ulothrix zonata, yozgi-kuzgi davrlarda – Ul. tenuissima, Spirogyra porticalis, va unchalik katta bo'lmagan miqdorda Cosmarium, Scenedesmus urug'lariga kiruvchi desmidiya, va Hydrurus foetidus oltin suvo'tlari rivojlanadi. Konsumentlar guruhining organizmlari, asosan bahor-yoz davrida alohida qayd etildi.
Daryoning bu qismida mavsumga qarab suv sifati II, II-III va III sinflar (toza, toza – o'rtacha ifloslangan suvlar) sifatida baholanadi, bu esa intensiv suv olish va landshaftning urbanizatsiyasini kuchayishi natijasida progressiv evrofikatsiya bilan bog'liqdir. BPI ko'rsatkichlari – 6-9 ball, IS – 1.33-1.86, ekologik holat – AB (qoniqarli ekologik holat, biotsenozlarning metabolik va ekologik rivojlanishi bilan tavsiflanadi).

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling