biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlari
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
4.2. Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlari
Farg'ona vodiysi tog'lar bilan chegaralangan xudud hisoblanib, suv havzalarida baliqlar turlarini shakllanishi, asosan Sirdaryo va uning irmoqlari Norin, Qoradaryo, soylar, kanallar, hamda suv omborlar bilan bog'liq. Hayvonlarning tarqalishiga g'ov bo'luvchi to'siqlarni shartli ravishda bizning sharoitda ham, fizik va ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to'siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik xududlarini Amudaryo va Sirdaryoni misol qilish mumkin, suv hayvonlari uchun esa, chegara-to'siq vazifasini quruqlik xududlari bajaradi. Turlar va kenja turlarni shakllanishida yuqoridagi geografik alohidalanishlarni ahamiyati katta. Tabiiy sharoitda zooplankton va fitoplankton baliq chavoqlarini rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Mayda baliqlarning hayoti ular bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'lib, chavoqlar soni ozuqa manbaiga qarab o'zgarib turadi. Ta'kidlash lozimki, Qoradaryo bilan bog'liq barcha suv havzalarda zooplankton va fitoplankton keng tarqalgan bo'lib, qorin oyoqli mollyuskalar, ninachilar nimfalari, qizil chuvalchanglar, gidralar, ikki qanotlilar lichinkalari, suv chayonlari va qo'ng'izlari, dafniya, sikloplar zooplanktonning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. Fitoplankton, suv o'tlarning ustki va ostki vegetatsiya qismlari hisoblanib, chuchuk suvlarda tarqalgan ulotriks, spirogira, kladofora, hara kabilar o'txo'r baliqlar hayotida katta rol o'ynaydi. Barcha suv o'tlar produtsentlar guruhini tashkil etib, zooplankton bilan birga, o'zaro bog'liq baliqlar hayotida muhim rol o'ynovchi oziq zanjirini shakllantiradi [2,6]. Hayvonlarning tarqalishiga g'ov bo'luvchi to'siqlarni shartli ravishda bizning sharoitda ham, fizik va ekologik guruhlarga ajratish mumkin. Fizikaviy to'siqlarga quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun suvlik xududlarini Amudaryo va Sirdaryoni misol qilish mumkin, suv hayvonlari uchun esa, chegara-to'siq vazifasini quruqlik xududlari bajaradi. Qoradaryo suv havzasining xarakterli baliqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 2-jadval
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Farg'ona vodiysi sharoitida, jumladan Qoradaryo suv havzasi baliqlari, asosan suyak-tog'aylilar, karpsimonlar, olabug'asimonlar va tikanbaliqsimonlar vakillariga to'g'ri kelishligi o'rganilib, ulardan karpsimonlar vakillarini nisbatan keng tarqalganligi qayd etildi. Qayd etish lozimki, Farg'ona vodiysi sharoitida suv oqimlari bo'ylab, baliqlar urchiydigan joylarni yildan-yilga kamayib borishi, daryo tubini loyqalanishi, shuningdek suvning kimyoviy tarkibini o'zgarishi, ayniqsa sun'iy to'siqlar tufayli, migratsiya paytida baliqlarni yuqori irmoqlarga ko'tarila olmasligi turlar sonini keskin kamayishga olib kelishi mumkin. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling