biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Gambusia affinis holbrooki Girard – gambuziya


Download 460.17 Kb.
bet31/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Gambusia affinis holbrooki Girard – gambuziya
Uzunligi 3—5 sm keladigan bu mayda baliqlarning vatani Shimoliy Amerikadir. Tangachalari yirik, ichki bo'shligi qoramtir parda bilan qoplapgan. Bezgak kasalligiga qarshi kurashish maqsadida gambuziya baliqlari O'zbekistonga 1929 yilda keltirilgan. Hozirgi vaqtda gambuziya respublikaning mayda suv havzalarida, ayniqsa, suvi oqmaydigan ko'lmak va suvi sekin oqadigan havzalarda ko'p uchraydi. Ularni sholipoyalarda, ko'llarning qirg’oqlarida, ariqlarda va xatto loyqa suvlarda ham uchratish mumkin. Gambuziya asosan eng sodda jonivorlar, chivinlarning lichinkalari va gumbaklari, mayda suv hayvonlari, shuningdek, suv o'tlari bilan oziqlanadi.
Gambuziya tirik bola tug’adigan baliqlardan biri hisoblanadi. U birinchi marta may oyida bolalaydi. Shundan 23-25 kun o'tgach ikkinchi marta, so'ng yana 19-23 kundan keyin uchinchi marta, so'ngra to'rtinchi marta bolalaydi. Urg’ochi gambuziya kattaligiga karab 1 tadan 77 tagacha bola tugadi. Yosh baliqlari juda tez o’sadi va 22-40 kun deganda jinsiy jixatdan voyaga yetadi. Jinsiy jixatdan voyaga yetgan urgochi baliqlarning uzunligi kattaligida 26 mm keladi. Gambuziya respublika baliqchiligiga zarar keltirishi kuzatilgan. Chunki bu ochofat baliq kimmatli baliq bolalarining asosiy kushandasi xisoblanadi. Bundan tashqari, bunday baliqlar sanoat extiyojlari uchun ko'paytiriladigan baliklarning, ayniqsa sazanning uvildiriqlarini yeb qo'yadi. Ko'pchilik ko'llarida gambuziya baliqlari dastidan sazan baliklari borgan sari kamayib ketmokda.
Lucioperca lucioperca Linnaeus- oq sla
Sla (sudak) yirik baliqlardan xisoblanib, uzunligi 130 sm, massasi 12 kg gacha, ayrimlariniki esa 18 kg gacha boradi . Tanasi mayda tangachalar bilan qoplangan, gavdasi xushbichim va yon tomonlari bir oz botib kirgan. Orqa tomonida ikkita katta so'zgich qanotlari bilan. Oldingi qanotlari qattiq va utkir pardalar bir tortilgan. Ko'krak va qorin suzgichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Katta og’zi burchak bo'lib ko'zigacha kirib borgan. O’tkir va yirik tishlari boshqa xamma baliqlardagi kabi suzgich tish shaklida bo'lib, ular o'ljalarini ushlab qolish uchun xizmat qiladi. Slaning ust tomoni yashilsimon kulrang bo'lib, usti hamda past tomoni kul rangsimon tusdadir. Tanasi bo'ylab o'zining so'rg'ish tusli yo'llar ketgan. Sla Amudaryo bo'ylab To'rtko'lgacha tarqalgan. Orol dengiga ham o'tib turadi, yakin-yaqinlarda u bir qator suv havzalari sharoitida uyg'unlashtirildi. Sla uvildiriqlarini Orol dengizi soxillariga mart oyidan boshlab, suvning temperaturasp 13-15C° bo'l ganda tashlaydi. Uvildiriq tashlash davri anchaga cho'zilib, u iyun-iyul oxiriga qadar davom etadi. Urg’ochi baliqlar uvildiriqlarini suvga nisbatan katta chuqurlikka (kamida 3-5 metrgacha) tashlaydilar va ularni suv osti o'tlariga, ildizpoyali qamish hamda suv ostida chuqib yotgan shoxlarga biriktirib qo'yadilar. Tashlayotgan uvildiriqlar erkak baliqlar tomonidan butun rinojlanish davri davomida qo'riqlanadi. Bu davr 7-15 kun davom etadi. Sla balig’i juda serpusht. Ulchami 40-60 sm keladigan urgochi baliqlarning har qaysisi 200 dan 500 ming donagacha uvildiriq tashlaydi. Sla baliqlar bilan oziqlanadi. Shunga ko'ra uni keraksiz baliqlarni yo'qotish uchun suv havzalariga ko'yib yuboriladi. Orol dengizida bunday baliklarning asosny ozig’i ovlanadigan baliqlar (plotva, leshch, qorako'z, tarasha baliq va moybaliq) hisoblanadi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling