biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Download 460.17 Kb.
bet27/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Makrofitlar- sohil bo'yida va sohillarda oddiy qamish (Phragmites communis) chakalakzorlari, qo'g'a (Thypha latifolia), rdestturlari (Potamogeton crispus, P. rectinatus, P. perfoliatus, P. pusillus), urut` (Myriophyllum spicatum), rogolistnik (Ceratophyllum demersum), jeruxa (Nasturtium fontanum), mox (Fontinalis sp.) vasuv paporotnigi (Azolla caroliniana), dengiz nayadasi (Najas marina), suv moxi (Fontinalis sp.)va osokalarning har xil turlari (Carex sp.) uchraydi. Ba'zi joylarda, ayniqsa daryoning qirg'oqbo'yi qismida, to'planish joylari ko'rinishida yuqori suv o'simliklaridanryaskalar (Lemna minor), suzuvchi sal`viniyalar (Salvinia natans) va xara suvo'tlarining assotsiatsiyalari (Chara vulgaris L., Ch. fragilis Desv.)yaxshi rivojlangan.
Qoradaryosining quyi qismida makrofitlar o'rtacha darajada rivojlangan bo'lib, bu yerda rdest (Potamogeton crispus, P. pectinatus), urut` (Myriophyllum spicatum), suv paporotnigi (Azolla caroliniana) rogolistnik (Ceratophyllum demersum), jeruxa (Nasturtium fontanum), dengiz nayadasi(Najas marina), ryaska (Lemna minor),suv moxi(Fontinalis sp.)va suv paporotnigi (Azolla caroliniana)uchraydi.
Makrofit assotsiatsiyalarining mo'l-ko'l rivojlanishi yozda qirg'oq mintaqasida kuzatildi (80% gacha), ular asosan gidrofitlar – rdestlar (Potamogeton crispus L., R. rectinatus L.), rogolistniklar (Ceratophyllum demersum L.) va urut` (Meriophyllum spicatum L.) kabilardan iboratdir.
Shunday qilib, Qoradaryosi havzasidagi o'rganilayotgan suv havzalaridan olingan gidrobiologik ma'lumotlar,suv biotasiga bo'layotgan antropogen omillar ta'siri, ayniqsa ifloslanish darajalari turli xil chuqurlikdagi gidrobiontlar tarkibida, tuzilishida va ekologik holatida o'zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Biotsenozlar, katta miqdordagi ifloslanish manbalari va yaqin joylashgan aholi punktlari ostida, qishloq xo'jaligi zonalari orqali oqib o'tadigan daryo uchastkalarida, shuningdek, daryoning quyilish joylari mintaqalarida turli darajalarda o'zgarib turishi aniqlandi.
Antropogen ifloslanish va sho'rlangan kollektor-drenaj suvlarining ta'siri Qoradaryosining quyi qismida ayniqsa yaxshi namoyon bo'ladi. Daryo quyi qismiga tushib borgan sayin, suv biotsenozlarining boshlang'ich tuzilishi kichik o'zgarishlarga uchraydi. Ushbu oqimlarning suv biotsenozlarida organizmlarning evribiont turlari bilan bir qatorda sho'r suv formalari va yuqori darajada saprob turlari ham rivojlanadi.
Shunday qilib, ilmiy va amaliy nuqtai nazardan Qoradaryo suv biotsenozlari (fitoplankton, zooplankton, perifiton, zoobentos) ning hozirgi ekologik holatini har tomonlama o'rganish, suv havzalarida planktonlarning soni va biomassasini aniqlashda bizga ma'lum darajada imkon berdi, suv biotsenozlarining tur tarkibi, taksonomik tuzilishi bo'yicha mavjud bo'lgan bo'shliqni to'ldirish va suv organizmlarining hozirgi ekologik holatini baholash imoknini yaratdi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling