biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Download 460.17 Kb.
bet26/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Zooplanktonbu suv sathida yashovchi, qattiq substratga qaram bo'lmagan, erkin suzib yuruvchi, suv qatlamlarida yashovchi (rangsiz xivchinlilar, kolovratkalar – Rotatoria, kladotseralar – Sladocera kenja turkumi va eshkakoyoqli qisqichbaqalar kopepodalar – Copepoda turkumi) suv organizmlarining guruhidir.
Zooplanktonning rivojlanishi asosan daryo tizimlarining gidrologik va fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan belgilanadi. Oqim tezlikning 1 mG‘s gacha va undan oshishi zooplanktonning mo'lligi va biomassasining keskin pasayishiga olib keladi. Daryoda suv sathining oshishi, oqim tezligi va loyqalikning ko'payishi bilan birga plankton organizmlar sonining kamayishiga olib keladi. Daryoning turli qismlaridagi oqim tezligi turlicha bo'lib, bu o'z navbatida zooplankton organizmlarining shakllanishiga ham ta'sir qiladi.
Rotiferlarning ommaviy rivojlanishi va hilma-hilligi bahor-yoz davrida kuzatiladi. Sodda hayvonlardan Amoeba proteus, Aspidisca costata, Bodo sp., Chilodonella uncinata, Trinema enchelys, Stylonichia mytilis, Vorticella sp.; kolovratkalar Colurella colurus, Cephalodella sp., C.gibba, Lecane sp.(ungulata?), L.luna, L.bulla diabolica, Lepadella ovalis, Euchlanis dilatata, Rotaria cintra, R.rotatoria, Trichotria truncata, T.truncata aspinosa, Trichocerca rattus carinata va boshqalar qayd etilgan, tuban shoxdor mo'ylovli qisqichbaqasimonlardan – Alona rectangular, Chydorus sphaericus, Ilyocryptus sp., Harpacticoida gen.sp., eshkakoyoqlilardan Macrocyclops albidus, Paracyclops sp., Acanthocyclops einslei, Eucyclops serrulatus, shuningdek xironomidlarning lichinkalari, nematodalar Macrobiotis urug'iga kiruvchi sekinyurarlar mavjud.
Kolovratkalar orasida dominant turlar quyidagilardan iborat bo'ldi: Euchlanis dilatata, Lecane sp. (ungulata?), Trichotria truncata. Kladotseralar ikkita (Alona rectangular va Chydorus sphaericus) dominant turdan iboratligi aniqlandi, kopepodalar esa – Eucyclops serrulatus. Bahorgi namunalarida sikloplarning rivojlanishida naupliya va kopepodit bosqichlari yaxshi rivojlanganligi qayd etilgan.
Zooplankton zoobentos va baliqlar uchun yaxshi ozuqa manbai hisoblanadi, shuningdek mo'ylovdor qisqichbaqasimonlar va kalanoidlar guruhi faol fil`trlovchi bo'lib, suv havzalarining o'z-o'zini tozalashida muhim rol o'ynaydi. Bundan tashqari, zooplankton turlari atrof-muhitning fizikaviy va kimyoviy omillarining har qanday o'zgarishlariga juda tez javob qaytaradigan organik ifloslanish ko'rsatkichlari yoki suv bilan to'yinganlik ko'rsatkichlari, shuningdek mineral suvlarning ifloslanish indikatorlari sifatida ishlatiladi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling