biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
II sikl – 2–4 kun davom etib, shu davr oralig‘ida sariq xaltachaning undagi qon tomirlari bilan surilishi kuzatiladi. Lichinkalarning tashqi muhitdan ozuqalarni iste’mol qiluvchi va nafas oluvchi a’zolari (tashqi ipsimon jabralari, toq suzgichlarining qon tomirlari) takomillashib ulgurmagan bo‘ladi. Natijada ularning ozuqalar va kislorodga bo‘lgan talabi qonmasdan o‘sishi susayadi.
III sikl – chamasi 10 kun lar davom etib, lichinkalarning o‘sishida jonlanish kuzatiladi. Chunki shu davrda jabralarning ich ki qatlamlari, ovqat hazm qilish a’zolari ma’lum darajada shakllanib, ko‘krak suzgichlari o‘sib chiqqan, orqa va dum suzgichlarining asosi paydo bo‘la boshlagan bo‘lib, bu o‘zgarishlar ularning harakat qilishini ta’minlab, nafas olishi va oziqlanishining kuchayishini, natijada umumiy o‘sishini tezlashtiradi. VI sikl – 9–10 kun lar davom etib barcha nafas olish va qisqa- ruvlanishini ta’minlovchi a’zolari shakllanadi, teri ustida tangachalar hosil bo‘la boshlaydi. Lichinkalarning shakllanishi tugaydi. Ushbu davrda kislorod miqdori va oziqlanish yetarli bo‘lganda lichinkalarning o‘sishi juda jadal kechadi, aks holda ular sezilarli darajada o‘sishdan qoladi. III va IV sikl lichinkalarning jadal o‘suvi bilan kuzatiladigan davrlari bo‘lganligi uchun ham ularning oziqlanishi va nafas olishini to‘liq ta’minlovchi sharoit yaratishga mas’uliyat bilan yondashish kerak. Baliqlardan ikra olib, ularni urug‘lantiruvchi hovuzlarda bunday sharoit yaratish iloji bo‘lmasa, lichinkalarni 6–8 kundagidek malyoklarni yoki shu yilgi baliqlarni saqlaydigan hovuzlarga o‘tkazish lozim. Aks holda lichinkalarning ko‘plab nobud bo‘lishi va juda ham nimjon bo‘lib o‘sishi kuzatiladi. Baliqlar o‘zlarining butun hayoti mobaynida o‘sishni davom ettiradilar. Ammo ularning o‘sish darajasi turli yoshlarda va mav- sumlarda turlicha kechadi. Hayotining birinchi yilida va ayniqsa, dastlabki davridagi o‘sishi, kelgusidagi o‘sish darajasini aniqlovchi omillardan hisoblanadi. Birinchi yili jadal o‘sgan baliqlar sog‘lom va baquvvat bo‘lib qishki hovuzlarda yaxshi saqlanadi, kelgusi yili ham nimjon tengqurlaridan tezroq o‘sadi. Yosh baliqlar kattalariga ko‘ra tez o‘sadi. Yosh baliqlar iste’mol qilgan ozuqalarini asosan organizmining o‘sishiga va qisman hayot faoliyatini saqlash uchun sarflagani holda, kattalari asosan hayot faoliyatini saqlash uchun sarflaydilar. Shundan kelib chiqib ma’lum ishonch bilan, har xil baliqlarning o‘sishi ularning turli yoshlariga borgach to‘xtaydi deb aytish ham mumkin. Yoz oylarida baliqlarning oziqlanishi kuchayadi, natijada o‘sishi ham tezlashadi. Kuzda va ayniqsa, qishda suvning harorati Q0° va undan salqinroq bo‘lib qolganda sazan, karp, lin, amur, do‘ngpeshona kabi iliqsevar baliqlar oziqlanishdan to‘xtaydi, demak o‘sishdan ham to‘xtaydi. Forel, sig, ryapushka, ledyad kabi salqinsevar baliqlar bu davr- da juda kam bo‘lsada ozuqalar iste’mol qiladilar va shunga ko‘ra o‘sishi ham o‘ta sustlashadi. Jinsiy voyaga yetgan baliqlarning o‘sishi ham sezilarli darajada susayadi. Baliqlarining o‘sishi va rivojlanishi haqida yetarli darajada tush- unchaga ega bo‘lgandan keyin, bu o‘zgarishlarni o‘lchash usullarini bilish taqozo qilinadi. Buning uchun sirkul, o‘lchov tasmasi, lineyka va o‘lchov taxtachasi kabi asboblardan foydalaniladi. Karp balig‘ining o‘sish ko‘rsatkichlarini va eksteryerini baholash uchun ularning quyidagi asosiy tana o‘lchamlari olinadi: Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling