biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk


Suv temperaturasining baliqlarga ta’siri


Download 460.17 Kb.
bet20/37
Sana24.06.2023
Hajmi460.17 Kb.
#1653365
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
123 (3)

Suv temperaturasining baliqlarga ta’siri


Suvning temperaturasi baliqlarning nafaqat o‘sish va rivojla- nishiga, balki kasalliklarining paydo bo‘lishiga va kechishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu degani – eng past temperatura (0,1–0,2 °C bilan birgalikda eng yuqorisi (30 °C dan yuqorisi) karp baliqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, boshqa turdagi baliqlar uchun u yoki bu to- monga o‘zgarishi mumkin,


Har xil turdagi baliqlarning rivojlanish davrlarida (uvildiriq, lichinka, chavaq va h.k.) suv harorati ma’lum bir darajada bo‘lishi shart.
Hayvonlarning barcha turlari, shu jumladan, inson ham harorat bobida «biologik nolga» teng yoki organizm hayot faoliyati tugay- digan eng past temperaturaga ega bo‘lib, yaxshiyamki bu jarayon- ni qayta tiklash mumkin.
Suvning past harorati baliqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, periferik qon tomirlarining qisilishiga, nafas olishning susayishiga, ozib ketishiga, modda almashinuvining buzilishi natijasida glikoliz, ke- yinchalik esa autoliz jarayonining rivojlanishiga, hamda asta-sekin- lik bilan baliqlarning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Suv haroratining o‘zgarishi faqat baliqlarga ta’sir qilib qolmasdan, balki har xil parazitlarning rivojlanishini kuchaytirib, kasal- liklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Masalan, virusli gemorragik septitsemiya suv harorati 10–12 °C ga pasayganda paydo bo‘lsa, aeromanoz, VPP, bronxiomikoz kasalliklari suvning harorati 20– 25 °C dan oshganda og‘irroq kechadi.
Qishning sovuq kunlari karp baliqlarining shu yilgi maydacha- lari shamollash (Shtaff kasalligi) va jabralarining kasallanishiga du- chor bo‘lishi oqibatida ko‘plab o‘lim kuzatilishi mumkin.
Bundan tashqari suvning sovib yoki isib ketishi, boshqalar uchun zarur bo‘lgan tabiiy ozuqalarning kamayishiga, suvdagi zaharlovchi moddalarning ko‘payishiga va umuman olganda ba- liqlar uchun zarur bo‘lgan fauna hamda flora turlarining o‘z- garishiga sababchi bo‘ladi.

Suvda erigan kislorod miqdorini aniqlash


Suvda erigan kislorod miqdorini aniqlashning gidrokimyo tajribasida eng keng tarqalagan usuli Vinklerning yodometr usulidir. Bu usul Mn(OH)2 ning ishqoriy muhitda kislorodning suvdagi eritmasi bilan o‘zaro aloqasiga asoslangan. Reaksiya natijasida marganetsning yuqori valentli suvli oksidlari hosil bo‘ladi. Kislorodli muhitda Mn valentlikka aylanib, kislorodga ekvivalent miqdoridagi yod ionini oksidlaydi. Ajralib chiqqan yodni natriy giposulfit eritmasi bilan titrlaydi. Titrlash uchun sarflangan natriy giposulfit miqdoriga asoslanib, kislorod miqdori hisoblab topiladi.
Sklyankaning og‘zi tiqin bilan yopilib, qaytadan yaxshilab chayqaladi. Sklyankadagi cho‘kma to‘liq erigandan so‘ng pipetka yordamida eritmadan 50 yoki 100 ml olinadi va 200–250 ml li konussimon kolbaga solinadi. Uni 0,01 N yoki 0,002 N natriy giposulfit bilan kolbani doimo chayqagan holda sarg‘ish rangga kir guncha titrlanadi. Keyin ustiga 1ml yangi tayyorlangan 1 %li kraxmal eritmasi qo‘shiladi, natijada eritmaning rangi ko‘karadi. Ushbu eritmani yana rangi yo‘qolguncha titrlanadi. Agar tekshirilayotgan eritmada kislorod miqdori kam bo‘lsa, uning rangi qo‘ng‘ir bo‘lmasdan och sariq bo‘ladi.

Download 460.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling