biologiya (zoologiya) mutaxassisligi udk
Download 460.17 Kb.
|
123 (3)
1.3. Andijon viloyati
Andijon viloyati Farg'ona mintaqasining sharqiy qismida, asosan, Qoradaryo havzasida, Farg'ona va Oloy tog'lari oralig'ida, “Buyuk ipak yo'li”ning Qoshg'ar – O'sh – Qo'qon – Toshkent yo'nalishida, intensiv sug'orma dehqonchilik va aholisi ko'p va juda zich yashaydigan mintaqaning markazida joylashgan. Viloyatni shimol, sharq va janubi-sharqdan Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod va O'sh viloyatlari, janubi-g'arbdan Farg'ona viloyati, shimoli-g'arbdan Namangan viloyatlari chegaralab turadi. Uning eng shimoliy nuqtasi Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog'i bo'lib, 410 03` shimoliy kenglik, eng janubiy nuqtasi Marhamat tumani Qorachatir tog'larining shimoliy yonbag'irlarida, 400 24` shimoliy kenglik, sharqiy nuqtasi Xonobod shahri yaqinida joylashgan Jiydabuloq qishlog'i sharqida 730 10` Sharqiy uzoqlik, eng g'arbiy nuqtasi esa Ulug'nor tumani Yangi Baliqchi qishlog'i g'arbida 710 31` Sharqiy uzoqlikga to'g'ri keladi. Viloyat shimoldan janubga 73,6 km, g'arbdan sharqqa 139,4 km ga cho'zilgan. Viloyatning shimoliy qismi Farg'ona tog' tizmalarini quyi tekisliklari bilan, janubiy qismi esa, O'sh tog' tizmasini Chilustun va Chil mahram past tog'lari bilan o'ralgan. G'arbiy qismi Markaziy Farg'ona cho'llari(Yazyovon, Jomashu) bilan chegaralangan. Yer usti rel`efi tekisliklar, daryo terrasalari va adirlardan iborat bo'lib, Yer usti dengiz sathidan 400-1000 m balandliklardan tashkil topgan. Geologik jihatdan Yer usti to'rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan. Iqlimi. Viloyatning iqlimi keskin kontinental bo'lib, yoz fasli issiq, qish fasli esa, sovuq hisoblanadi. Yoz oylarida harorat 40-46 C° gacha ko'tariladi. Vodiy doimo “Garmsel” shamoli ta'sirida bo'lib, ko'pincha iqlim umumiy oqimlarning qandayligiga bog'liq bo'ladi. Tuprog'i. Viloyatning tuproq sharoiti quyidagicha: g'arbiy qismida asosan sho'r, sho'rxok tuproqlar uchrasa, qumoq tuproqli joylar g'arbiy-sharqiy qismni egallagan. Tipik bo'z tuproqli joylar markaziy zonaning atrofida keng tarqalgan. Daryo terrasalari ustida bo'z tuproqni och bo'z, tipik bo'z tiplari keng tarqalgan. Daryolarning yuqori terrasalarida lyoss, lyossimon jinsli tuproqlar uchraydi.O'sh-Aravon botig'i, Adir-orqa botig'i, Xo'jabod-Jalaquduq botig'ini tashkil etadi. Download 460.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling