Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to`g’risida (2006 yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi soh’asidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori:
Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko`chish va er ko`chki h’odisalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish h’amda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora – tadbirlar to`g’risida (2007 yil 19 fevral, PQ – 585 – sonli). Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko`chish va er ko`chki h’odisalari bilan bog’liq ishlarni o`z vaqtida va samarali tashkil etish, shuningdek ularning eh’timol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah’kamasining qarorlari:
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to`g’risida (1996 yil yy aprel, 143 – sonli). Qarorga «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to`g’risida»gi Nizom ilova qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari, h’uquqlari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va h’arakat qilish davlat tizimi to`g’risida (1997 yil 23 dekabr, 558 – sonli). Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va h’arakat qilish davlat tizimi (FVDT) to`g’risidagi Nizom va uning tuzilmasi tasdiqlangan, vazirlik va idoralarning ah’olini va h’ududlarni favqulodda vaziyatlardan muh’ofaza qilish bo`yicha funktsiyalari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi ah’olisini favqulodda vaziyatlardan muh’ofaza qilishga tayyorlash tartibi to`g’risida (1998 yil 7 oktyabr 427 – sonli). Qaror mamlakat ah’olisi va h’ududini tabiiy va texnologen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muh’ofaza qilish tizimini takomilashtirish maqsadida qabul qilingan. Qarorga ilova tarzida keltirilgan «Ah’olini favqulodda vaziyatlardan muh’ofaza qilish soh’asida tayyorlash tartibi to`g’risida»gi Nizom O’zbekiston Respublikasi ah’olisini favqulodda vaziyatlardan muh’ofaza qilish soh’asida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda h’arakat qilishga tayyorgarlikdan o`tayotgan ah’oli guruh’larini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |