Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar


-savol. Biologik oksidlanish va ATF sintezlanish jarayonlari


Download 182.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana02.02.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1146262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-40

 
33-savol. Biologik oksidlanish va ATF sintezlanish jarayonlari. Biologik 
oksidlanish yoki to‘qima nafas olishi deb - to‘qimalarda organik moddalarni kislorod 
ishtirokida parachalanishi va karbonat angidridini ajralishiga aytiladi. Bunday 
oksidlanish jarayonida energiya ajralib chiqadi va o‘z tabiatiga ko‘ra ekzoergonik 
jarayon xisoblanadi. O‘z moxiyatiga ko‘ra biologik oksidlanish va yonish bir xil 
jarayondir, chunki 1 molekula glyukozani yonishida xam, oksidlanishida xam karbonat 
angidridi, suv va 2780kDj/mol (686 kkal) energiya ajralib chiqadi: S6N6O12 + 6O2 = 
6SO2 + 6N2O YO nishdan farqli past haroratda kechadi, alangasiz va suv ishtirokida. 
Bu jarayon mexanizmini yoritib berishda bir-necha nazariyalar taklif etilgan: 1. 
Baxning perekisli nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra engil oksidlanuvchi moddalar 
ta’sirida kislorod molekulasining ikkala bog‘i emas, balki bitta bog‘i uziladi, sungra 
kislorod molekulasi to‘liq oksidlanayotgan modda bilan birikib, peroksidaza fermenti 
ta’sirida oraliq maxsulot sifatida peroksid xosil bo‘ladi. 2.Vodorodni faollanish 
nazariyasi Palladin va Viland tomonidan yaratilgandir. Bu nazariyaga ko‘ra 
metabolitlar oksidlanishi oksidlanayotgan moddadan spetsifik degidrogenazalar 
ta’sirida N2 ajraladi. Palladinning fikriga ko‘ra N2 xromogenlar bilan birikadi, 
Vilandning fikricha esa O2 bilan birikadi. Bu bir vaqtni o‘zida substratni oksidlanishi 
va pigmentni qaytarilishi bilan kechadi. SHuning uchun bu jarayon oksidlaniqaytarilish 
jarayoni xisoblanadi. S6N6O12 + 6N2O +12R = 6CO2 + 12RH2(anaerob bosqich) • 
12RH2 + 6O2 = 12R + 6H2O (aerob bosqich) 3. Varburgning elektrolitik nazariyasi. 
Bu kislorod molekulasini oksidlangan molekula yordamida faollanishidir. Varburgning 
fikricha oksidlovchi modda bo‘lib gemin fermentlari molekulasi tarkibiga kiruvchi 
Fe+3 atomi xisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra oksidlanish-qaytarilish jarayonlari 
elektron va protonlarni ajralishi va birikishi natijasida sodir bo‘ladi va oxirida 
aktivlangan kislorod proton bilan birikib suvni xosil qiladi. 4. Biologik oksidlanishning 
zamonaviy nazariyasi yuqorida qayd etilgan uchchala nazariyalarni o‘z ichiga oladi va 
Sent-Derdvi nazariyasi deyiladi. Bu nazariyaga asosan to‘qimada metabolitni 
oksidlanishi bir yo‘la proton va elektronlarni ajralishi va ularni kislorod molekulasiga 
kiritilishi bilan boradi. Ammo elektron va protonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kislorod bilan 
birikmay, balki spetsifik fermentlar va kofermentlar ishtirokida sodir bo‘ladi. Biologik 
oksidlanishda ishtirok etuvchi fermentlar: Proton va elektronlarni oksidlanayotgan 
metabolitdan kislorodga o‘tkazilishi quyidagi 4 gurux fermentlar ishtirokida bo‘ladi:

Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling