Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar
-savol. Elektrofarez. Elektrosmos jarayonlari o’xshashlik va farqlari
Download 182.26 Kb. Pdf ko'rish
|
31-40
38-savol. Elektrofarez. Elektrosmos jarayonlari o’xshashlik va farqlari. Elektrokinetik hodisalar geterogen sistema fazalariaro vujudga keladigan elektrik va kinetik munosabatlarni aks ettirib, ular fazalararo potentsiallar farqi mavjud bo'lgan sharoitda, fazalardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati yoki fazalardan birining ikkinchisiga nisbatan harakati amalga oshayotganda ulararo kelib chiqadigan potentsiallar farqi shaklida namoyon bo'ladi. Elektrokinetak hodisalar - elektroforez, elektroosmos, olish potentsiali va cho'kish potentsiali, deb to'rt turga bo'linadi. Tashqi elektr maydoni ta'sirida dispers fazaning dispersiya muhitiga nisbatin harakati elektroforez deb ataladi. Dispersiya muhitining tashqi elektr maydoni ta'sirida, harakatsiz dispers fazaga nisbatan harakati esa elektroosmos deb ataladi. Gidrostatik bosim ta'sirida, suyuqlikning kapillyar yoki qovak to'siq poralari orqali harakati natijasida kelib chiqadigan potentsial oqish potentsiali va gravitatsiya yoki markazdan qochuvchi kuch ta'sirida, suyuqlikning yuqorn va pastki qatlamlariaro kelib chiqadigan potentsiallar farqi cho'kish potentsiali deyiladi. Elektroforez va elektroosmos hodisalarining yuzaga chiqishi dispers faza bilan dispersiya muhitiaro qo'sh elektrik qavat mavjudligi bilan shartlanib, elektr maydoni qo'yilganda, suyuqlikning ichki qat- lamlarida kalqigan dispers faza zarrachalari ularga qarama-qarshi zaryadlangan qutb tomon harakatlanadi. Dispers faza harakatsiz holatda, elektr maydoni ta'siridan dispersiya kuhtstining harakati yuzaga kelib, uning Yo'nalish dispers faza bilan har xil zaryadga ega qutb holati bilan belgilanadi. Demak, tashqi maydon ta'sirida kelib chiqadigan fazalar harakati sistemada potentsiallar farqi manvjudligidan darak beradi. Oqish va cho'kish potentsiallarining paydo bo'lishi, ularga muvofiq gidrostatik vagravitatsiya gradientlari mavjudligining oqibatidir. Shuning uchun suyuq (oqish potentsiiali misolida harakatchan, cho'kish potentsialida esa harakat-siz) faza bilan qattiq (oqish poten-tsialida harakatsiz, cho'kish potentsialida esa qarakatchan) fazalararo qo'sh elektrik qavatlarning paydo bo'lishini tashqaridan quyiladigan kuchsiz tasavvur etish mumkin emas. Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan hodisalar, ularning qaysi turga man-sub bo'lishidan qat'i nazar, dispers faza bilan dispersiya muhitlaro vujudga keladi-gan potentsiallar farqiga bog’liqdir. Ana shu xildagi potentsiallar elektrokinetik potentsiallar nomi bilan yuritiladi. Elektroforez. Tirik hujayra protoplazma o'z tabiatiga ko'ra murakkab kolloid sistema bo'lib, bu xildagi sistemalarda o'zgarmas tok ta'siridan, dis-pers fazaning dispersiya muhitiga nisbatan yoki aksincha harakati, gidrostatik kuch gradienti ta'siridan esa fazalararo potentsiallar farqi paydo bo'ladi. Mana shu ikki xildagi elektrokinetik munosabatlarni o'rganish hujayraning fizikaviy xususiyatlari-ni bilishda muhim ahamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling