Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar


-savol. Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar


Download 182.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana02.02.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1146262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-40

 
37-savol. Gemoglobin strukturasida sodir bo’ladigan konformatsion o’zgarishlar. 
Gemoglobin tarkibidagi subbirliklar (1 (2, (3 va (4 uchlamchi strukturaga ega bo’lib, (-
subbirliklar har biri 141, (-subbirliklar esa har biri 146 aminokislota qoldig’i ularidan
tashkil topgan polipeptid zanjirlaridan iborat. Ular, o’zaro tuz ko’priklari (ion bog’lari) 
vositasida bog’lanib (ular oltita), tetramerni shakllantiradi. Subbirliklarning har birida 
bittadan gem guruhi bo’lib, u to’rtta pirol halqadan iborat tekis strukturaga ega. Gem 
markazida, pirol halqalar azot atomlari bilan to’rt tomondan koordinatsion bog’langan, 
ikki valentni temir ioni joylashgan. Temir ionining 5-koordinatsion bog’i, gem halqaga 
tik yo’nalgan aminokislota ((-subbirlikda gistidin qoldig`i) orqali polipeptid zanjiriga 
(globinga) ulanadi. Dezoksigemoglobinda 6-koordinatsion bog’ bo’sh bo’lib, kislorod 
mavjud sharoitda bu bog’, bir molekula 02 biriktirish orqali band etiladi va 
oksigemoglobin (Hb02) hosil bo’ladi. Shu munosabat bilan Fe2+ion radiusi kamayib, 
gem tekisligiga tushadi. O’z navbatida bunday siljish temir ioniga bog’langan gistidin 
qoldig`i orqali butun zanjirning siljishiga, demak, uchlamchi strukturaning o’zgarishiga 
sabab bo’ladi. Buning natijasida subbirlikning boshqa subbirlik, masalan, (1 bilan (2 
o’rtasidagi tuz ko’prikning uzilib, (2 ning kislorod biriktirishi osonlashadi. (2ning 02 
birikishi esa (2 bilan (1 o’rtasidagi tuz ko’prikgini uzib, uning 02 birikishini 
osonlashtiradi va h.k. Shunday qilib, gemoglobinning oksigenasiyalanishi munosabati 
bilan subbirliklararo ta’sirlashishlarning o’zgarishi, gemoglobinning 02 biriktirishi 
paytidagi kooperativlik xossasiga asos bo’ladi. Mazkur hodisa, M.V.Vonkenshteyn 
tomonidan ilgari suringan, elektrol konformatsion ta’sirlashishlar (makromolekulada 
yuz bergan elektrol jarayonlar uning konformatsion qayta qurilishlarga olib keladi, deb 
ta’kidlovchi) konsepsiyaning dalili bo’lib xizmat qiladi. 



Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling