Biomakromolekulalardagi ta’sirlashuvchi kuchlar. Makromolekulalar


Download 182.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana02.02.2023
Hajmi182.26 Kb.
#1146262
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
31-40

Fotokalorimetriya. Fotobiologik jarayonlar (fiziologik jihatdan tavsifla-nadigan-
fotosintez, fototropizm, fototaksis va h.k.lar; patologik tavsiflanadigan - ultrabinafsha 
nurlar ta‘sirida shikastlanishlar va h.q.larni o‘rganish biofizika fanining vazifasiga 
kiradi. Bu jarayonlarning bosqichlari jumlasiga yorug‘likning yutilishi, energiyaning 
migratsiyasi, energiyaning singlet va triplet darajasida zahiralanishi, reaksiya 
mahsulotlarining birlamchi fotokimyoviy o‘zgarishi va reaksiya mahsulotlarining 
barqarorlashuvi kabilar kiradi. Bu jarayonlarning keyingi bosqichlariga tegishli 
murakkab jihatlarini biokimyo va fiziologiya fanlari o‘rganadi. Fotobiologik 
jarayonlarni umumiy tarzda quyidagicha sxema bilan tasvirlash mumkin: 
Fotokimyoviy jarayonlar ultrabinafsha to‘lqin uzunligi (0.29 mkm), ko‘zga 
ko‘rinadigan to‘lqin uzunligi (0.4-0,75mkm), infraqizil to‘lqin uzunligi (0,75mkm dan 
ziyod)dagi nurlar ta‘sirida amalga oshadi. Nurning eng muhim tavsifnomasiga to‘lqin 
uzunligi (λ), chastotasi (maromi) (γ), yorug‘likni kvant energiyasi (E) va nurlanishning 
umumiy energiyasi (I) kiradi. O‘zaro bu qattaliklar quyidagi nisbatda bog‘langan 
bo‘ladi: E = h λ bu yerda: E - yorug‘likni kvant energiyasi; h - plank doimiysi; λ - 
nurning eng muhim tavsifnomasiga to‘lqin uzunligi; 𝜐 = 
𝐶
𝛾
γ - chastota (maromi); C-
yorug‘lik tezligi; I - nurlanishning umumiy energiyasi; n-yoruglik oqimidagi kvant 
soni; E - yorug‘likni kvant energiyasi. Odatda faqat yutiladigan kvantlargina 
fotokimyoviy samaraga ega bo‘ladi. Shuning uchun fotobiologik jarayonning spektral 
chegarasi bu jarayon uchun qabul qilingan moddalarning yutish spektri bilan aniqlanadi. 
Masalan, fotosintez ko‘zga ko‘rinadigan va infraqizil nurlar chegarasida bo‘lgan 
to‘lqinlarda yuz beradi, chunki fotosintetik pigment (xlorofil va karatinoid va h.k.)lar 
bu nurlarni yutadi. Ultrabinafsha nurlarning bakteriyasid ta‘siri bakteriyalardagi oqsillar 
va nuklein kislotalari tomonidan kvantlarning yutilishi tufayli ro‘yobga chiqadi. 
Fotobiologik jarayonlarni tadqiq etishga oid asosiy uslublar optik va spektral uslublar 
hisoblanadi. Moddalarning optik xossalari, ularning molekulalari tomonidan yorug‘lik 
energiyasini yutish va transforma-tsiyalash qobiliyatini aks ettiradi, ya‘ni ularning 
fotobiologik jarayonlarda qay tarzda ishtirok etishini ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda, 
spektral uslublar murakkab biologik tahlillar, xususan, hujayra, to‘qima yoki 
organizmda ularning holatini o‘zgartirmasdan tadqiq qilish imkonini beradi. Ishni 
bajarish tartibi. Kyuveta orqali yorug‘lik nurlarning o‘tishida, eritmaga tushayotgan nur 
tarqalishining tezligi susayadi, chunki eritma yorug‘likning bir qismini yutadi. Eritmaga 
tushayotgan nurning jadalligi (I0) va u orqali o‘tgan nurning jadalligi (I) o‘rtasidagi 
miqdoriy nisbat Lambert-Ber qonuniga muvofiq tushuntiriladi: 
𝐷 = ℓ𝑔
𝐿
𝑜
𝐿
= 𝐶 ∙ 𝐸 ∙
𝐿 bu yerda: D - kattalik optik zichlik deb nomlanadi; L va L
o
- yorug‘likning optik 
yo‘li uzunligi (kundetaning qalinligi); C-moddaning molyar konsentratsiyasi; E - 
yorug‘likni kvant energiyasi; ε - esa ekstinksiyaning molyar koeffitsenti, u - to‘lqin 
uzunligiga bog‘liq va muayyan moddaning muhim optik tavsifi ko‘rsatkichi 
hisoblanadi. O‘lchash natijalari odatda optik zichlik tarzida ifodalanadi.

Download 182.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling