Biosfera haqida vernadskiy ta'limoti reja: Biosfera haqida Vernadsikiy ta’limoti. Biosfera chegaralari va tarkibiy qisimlari


Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari


Download 31.56 Kb.
bet6/7
Sana08.01.2022
Hajmi31.56 Kb.
#239952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOSFERA HAQIDA VERNADSKIY TA

Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari

Biosferaning yashash muhiti sifatidagi imkoniyatlari cheklangan bo`lib, undagi barcha tabiiy resurslar va tuzilmalar o`zaro bog`liq. Ulardan birining o`zgarishi, masalan kamayib ketishi, boshqasiga ham ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun ham hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri biosferani biologik tartibga solib turish ya'ni ekotizimlarning barqarorligini va ulardagi tabiiy muvozanatni ta'minlashdan iborat.

Ekotizimlar hozirgi taraqqiyot davrida insoniyat ta'siriga bardosh beraolmay o`zgarib ketmoqda. Ba'zan bir qarashda nazarga ilinmaydigan ishlar ham uning muvozanatini buzib yuborishi mumkin. Misol uchun shakarqamishni kalamushdan himoya qilish uchun 1872 yil Yamaykaga mangustlar keltirildi. Ular bu yerda qulay sharoit topib benihoya ko`paydi va kalamushlar bilan birga ko`pgina foydali hayvonlarni ham kirib yubordi. Xuddi shunga o`xshash qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy zaharlarning ishlatishidan zararkunandalar bilan birga foydali hasharotlar ham yoppasiga qirilib ketadi.

Ekotizimlardagi tabiiy muvozanatning buzilishi inson sog`ligi uchun zarar keltirishi muqarrar. Masalan, amerika savannalarida qoramollarning ko`payib ketishi fermerlarga katta foyda keltirdi. Lekin shu bilan birga bu qon so`ruvchi ko`rshapalaklarning ko`payib ketishiga va quturish kasalligining kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Yuqorida keltirilgan bu misollar ayniqsa hozirgi davrda biosferani biologik tartibga solib turish zaruriyati borligini tasdiqlaydi.

Antropik omillar xuruji davom etayotgan hozirgi davrda ekologiyaning yana bir muhim masalasi biologik indikatsiyadir. Bu masala amaliy ahamiyatga ega bo`lib, indikatorlar ustidan olib boriladigan kuzatishlar u yoki bu biogeotsenozni ekologik baholash imkonini beradi. Masalan, lishayniklar sof havoda yashovchi organizmlar bo`lib, o`rmondagi daraxtlarda ularning ko`pligi bu joyda havoning tozaligidan darak beradi. Qarag`ayning bujurida (shishkasida) uran moddasining ko`pligi qarag`ayning uran rudasi yotqiziqlari ustida o`sayotganidan darak beradi va hokazolar.

Navbatdagi dolzarb masala xalqaro miqyosida biosfera holatini kuzatib borish ya'ni ekologik monitoring o`rnatishdir. Ekologik monitoring olib borish atrof muhit holatining kelajakda kutilayotgan o`zgarishlarni bashorat qilib, noqulay ekologik holat yuz berishining oldini olish imkonini beradi.

Aytilganlardan tashqari zamonamizning muhim ekologik masalalari qatoriga zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik yo`l bilan kurashish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof muhit muhofaza bo`yicha xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, insoniyatni yadroviy hujumlar va bakteriologik qurollar tazyiqidan asrash kabi masalalar ham kiradi.

Biosfera – (gr. “bios”-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga bog`liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera – bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po`stlog`idir. U biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi.

Yerning tiriklik muhiti ekanligi to`g`risidagi o`zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat:

1)tirik organizmlar

2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar.

3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.

Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va xilma-xil bo`lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar.

Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik moddalar bo`lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo`ladi:




  1. kos (o`lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi;



  1. biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o`zlashtiriladi. Bunga toshko`mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi;



  1. biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta'siri natijasida paydo bo`ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, holati tirik organizmlarga bog`liq bo`ladi.

Hozirgi vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o`rniga ko`ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan.


Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling