Biosfera va uning tarkibiy qismlari. Biosferada hayotning chegaralari. Biosferada moddalar aylanishi


Download 74.5 Kb.
bet1/5
Sana01.11.2023
Hajmi74.5 Kb.
#1738627
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Biosfera to`g`risidagi ta\'limot


Aim.uz

Biosfera to`g`risidagi ta'limot


Reja:

  1. Biosfera va uning tarkibiy qismlari.

  2. Biosferada hayotning chegaralari.

  3. Biosferada moddalar aylanishi.

  4. Biosferada insonning faoliyati. Noosfera tushunchasi.

  5. Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari.



Darsning maqsadi: biosfera va uning tarkibiy qismlari to`g`risida tushuncha berish, V.I. Vernadskiyning biosfera to`g`risidagi ta'limotining mohiyatini ochib berish, biosferaning fazoviy chegaralari va unda moddalar aylanishini jun misollar bilan tushuntirib berish, noosfera to`g`risida tushuncha berish hamda hozirgi kunda Yerda hayotni saqlab qolishning dolzarb muammolari to`g`risida fikr yurgizish.


Biosfera va uning tarkibiy qismlari
Biosfera – (gr. “bios”-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik organizmlar ta'sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga faoliyatiga bog`liq. Biosfera Yer yuzining tirik organizmlar yashaydigan yuza qatlami ekanligi to`g`risidagi tasavvurlar J.B. Lamarkdan boshlangan edi. Ammo u alohida termin sifatida fanga birinchi marta 1875 yilda avstriya geologi E.Zyuss tomonidan kiritildi. Zyussning fikricha biosfera – bu yer ustining tirik organizmlar yashaydigan yupqa po`stlog`idir. U biosferani chuqurroq tushuntirib bermadi.
Yerning tiriklik muhiti ekanligi to`g`risidagi o`zidan oldingi fikrlarni rivojlantirgan rus olimi V.I. Vernadskiy 1926 yilda biosfera to`g`risidagi ta'limotni yaratdi. Bu ta'limotga ko`ra biosfera 3 asosiy tarkibiy qismdan iborat:
1)tirik organizmlar
2)tirik organizmlar tarkibidagi biogen modda aylanishida qatnashadigan mineral moddalar.
3)tirik organizmlar faoliyati natijasida hosil bo`lgan va lekin biogen modda aylanishida vaqtincha qatnashmaydigan moddalar.
Tirik organizmlar tabiatda juda ko`p va xilma-xil bo`lib, ular turli yashash muhitlarini egallab olganlar. Bu tirik organizmlar tabiatning boshqa tarkibiy qismlariga (masalan, jonsiz predmetlarga) qaraganda o`zlarida kechadigan biokimyoviy jarayonlarning aktivligi bilan ajralib turadilar va shuning uchun ham ular Yer yuzida o`zgarishlar yasashga qodirlar.
Sayyoramizdagi barcha organizmlar, V.I. Vernadskiy fikricha tirik moddalar bo`lib, ularning asosida vazn, kimyoviy tarkib va energiya yotadi. Bu moddalarni Vernadskiy 3 guruhga bo`ladi:

  1. kos (o`lik) moddalar – bularning yaratilishida tirik organizmlar ishtirok etmaydi. Bularga abiotik muhitning omillari, masalan, quyosh radiatsiyasi, havoning namligi, bosimi, ximizmi va boshqalar kiradi;

  2. biogen moddalar – bular tirik organizmlar tomonidan yaratiladi va o`zlashtiriladi. Bunga toshko`mir, bitum, neft va ohaktosh kiradi;

  3. biokos moddalar –bular tirik organizmlar va abiotik muhit omillarining birgalikda ta'siri natijasida paydo bo`ladi. Bunga tuproq va tabiiy suvlar kirib, holati tirik organizmlarga bog`liq bo`ladi.

Hozirgi vaqtda biosferaga yagona ekotizim sifatida qaraladi. U joylashgan o`rniga ko`ra 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan.
1.Litosfera – (gr. “litos” - tosh) Yerning sirtqi po`stlog`i bo`lib, u g`ovak modda ya'ni tuproqdan iborat. Yer mag`zidagi barcha tirik organizmlar ana shu qavatda yashaydi.
Tuproq va uning kelib chiqishini birinchi bo`lib rus olimi V.V. Dokuchayev o`rgangan. Uning fikricha tuproq tog` jinslarining quyosh energiyasi, namlik, va tirik organizmlar yordamida nurashidan hosil bo`ladi.
Tuproq biosferaning boshqa tarkibiy qismlariga qaraganda yuqori zichlikka (o`rtacha 2,7 gsm3) ega bo`lib, u to`rtta tarkibiy qismdan iborat. Bular – kattiq zarrachalar, bu zarrachalar orasidagi namlik havo va mikroorganizmlar. Tuproqda yashovchi organizmlar edafobiontlar yoki geobiontlar deb nomlangan bo`lib, ularda tuproqning zichligi, harorati, yorug`lik va ximizmiga nisbatan qator moslanishlar mavjud.

Download 74.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling