Biosfera xakida tushuncha


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana15.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1094541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biosfera xakida tushuncha

 


Xulosa 
Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya 
boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg 
gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 
10 kg gacha ortishi mumkin, ikki- lamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha 
ortadi. 
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya 
borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi (88-rasm). 
Ekologik piramidada produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi organizmlar 
soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Piramidaning asosini autotrof organizmlar — hosil qiluvchilar tashkil qiladi
ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar
piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi. 
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton— zooplankton — 
mayda baliqlar — yirik baliqlar hisoblanadiBu oziq zanjirida ham biomassa va 
energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi. 
Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri 
darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi. 
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri o‘zo‘zini idora qilishdir. O‘z-
o‘zini idora qilish — tabiiy sistema- ning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen 
ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z-o‘zini 
idora qilishning yorqin misoli — keng bargli o‘rmondagi biogeo tsenozdir. Bu 
yerda o‘simliklar joy, yorug‘lik va suv uchun raqobatlashadi. 
Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining vertikal 
bo‘ylab bir necha qatorda joylashishi kuzatiladi. 
Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusini yorug‘sevar 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling