Biosfera xakida tushuncha
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Biosfera xakida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Redutsentlar
- Oziq orqali bog‘lanish (oziq zanjiri).
Produtsentlar autotrof organizmlar bo‘lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil
o‘simliklar hisoblanadi. Sintezlangan organik moddaning bir qismi konsumentlar — geterotroflar, o‘txo‘r hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Ular esa o‘z navbatida go‘shtxo‘r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi. Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanadi. Ular asosan mikroorganizmlardan tashkil topib, hayvon va o‘simliklarning o‘lik tanasini parchalab, organik moddalarni oddiy anorganik moddalarga parchalaydi. Organik moddalarning ko‘p qismi darhol parchalanmay, yog‘och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho‘kmalar sifatida saqlanadi. Bu organik moddalar ko‘p ming yillar davomida saqlanib, qazilma yoqilg‘iga (torf, ko‘mir va neft) aylanadi. Har yili Yerda fotosintezlovchi organizmlar 100 mlrd t ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra ko‘proq sintezlanishi natijasida atmosferada CO2 ning miqdori kamayib, O2 miqdorining ortishiga olib keldi. XX asrning ikkinchi yarmidan sanoat va qishloq xo‘jaligining tobora rivojlanishi atmosferada CO2 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Oziq orqali bog‘lanish (oziq zanjiri). Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o‘zaro bog‘langan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjiri deb ataladi (87-rasm). Oziq zanjiri — o‘simliklar energiyasini bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog‘lanishlardir (yunoncha trofe — oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi autotrof o‘simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiradi. Produtsentlarga xemosintezlovchi 87-rasm. Oziq zanjirlari. organizmlarni ham kiritish mumkin. Ikkinchi zvenoni o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirlarining uchinchi zvenosini organik moddalarni mi- ne ral moddalargacha parchalovchi mikroorganizmlar (redu- tsentlar) hosil etadi. Ikkinchi va uchinchi zveno geterotrof organizmlar hisoblanadi. Tabiatda oziq zanjiri odatda uch-to‘rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan o‘n martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 foizga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanas ining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling