Biosfera xakida tushuncha


POPULYATSIYANING UMUMIY TASNIFI


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1094541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biosfera xakida tushuncha

POPULYATSIYANING UMUMIY TASNIFI 
POPULIYATSIYANING ASOSIY 
XUSUSIYATLARI 
Tur mezonlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiylariga morfofiziologik va genetik 
mezonlardan tashqari, turning ekologik mezoni ham kiradi. Ekologik mezon 
deganda, yashash muhitida turga ta’sir ko‘rsatuvchi hamma ekologik omillar 
yig‘indisi tushuniladi. Har bir turda evolutsiya jarayonida yashash muhitining 
sharoitlariga moslashish mexanizmlari shakllanadi. Masalan, qalin tuk bilan 
qoplangan ayiqlar shimolning juda sovuq iqlimi- ga, kulrang-sarg‘ish tusli tuyalar, 
sayg‘oqlar, jayronlar esa kam suvli cho‘llarda va qumli cho‘llarda yashashga 
moslashgan. Bunday moslashishlar, asosan, o‘sha turga kiruvchi hamma individlar 
uchun xosdir. Har bir tur o‘z yashash arealiga ega. Bu areal o‘z navbatida yaxlit 
yoki ayrim joylardan tashkil topishiga qaramay, muhitning xususiyatlari o‘sha 
areal uchun umumiydir. 
Turlar katta yoki kichik arealni egallashi yoki undagi po- pulyatsiyalar 
sonining ko‘p yoki kam bo‘lishiga qaramay, bir butun yaxlit sistemani tashkil 
etadi. Turning yaxlitligi individlar orasidagi panmiksiya (erkin urchish) 
xususiyatining mavjudligiga bog‘liqdir. Undan tashqari, tarixiy rivojlanish 
jarayonida bir turga kiruvchi individlarda bir-biriga nisbatan moslanishlar ham 
paydo bo‘lgan. Bularga hayvonlarning o‘z nasliga g‘amxo‘rlik qilishi, bir-birlari 
bilan ma’lum signallar orqali aloqa qilishi, dushmanlardan birgalashib 
himoyalanishi misol bo‘la oladi. Turning yaxl itligini saqlovchi mexanizmlardan 
biri uning boshqa turlardan alohidalanganligidir. Har xil turlar turli ekologik 
sharoitga moslashish jarayonida ularning orasidagi farq lar tobora ortib boradi. 
Masalan, qishloq qaldirg‘ochlari va shahar qaldirg‘ochlari bitta avlodga kiruvchi 
ikkita bir-biriga juda yaqin turlardir. Bu turlar morfologik, genetik, fiziologik, 
etiologik va ekologik farqlari mavjudligi tufayli bir-biri bilan chatisha olmaydi. 
Turning ekologik moslashishining ahamiyati ayrim individlar va yaxlit tur 
uchun har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, ba’zi turga kiruvchi qushlar ekologik 


sharoiti, ya’ni ayni misolda, uyasi torlik qilganda ayrim bolalarini uyasidan tashlab 
yuboradi. Ular albatta nobud bo‘ladi, lekin qolgan bolalari esa keng sharoitda 
baquvvat, yashash qobiliyati kuchaygan bo‘lib yetiladi. Bunday moslashishlar 
ayrim individlar uchun zararli, tur uchun esa foydalidir. 
Katta hududlarni egallovchi turlar notekis taqsimlanib, ayrim guruhlar yoki 
populyatsiyalarga bo‘linadi. Populyatsiyalar turning va evolutsiyaning 
boshlang‘ich strukturaviy birligidir. Popu lyatsiya — ma’lum joyni egallagan, bir-
birlari bilan irsiy axborotni almashish xususiyatiga ega bo‘lgan, bir turga kiruvchi 
organizmlar guruhidir. 
Populyatsiya individlarining zichligi, tug‘iluvchanligi, o‘limi, yoshi va jinsiy 
tarkibi, egallagan joyi kabi statistik belgilar bilan ta’riflanadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling