Biosfera xakida tushuncha
Biotsenoz Biogeotsenozlar va ekotizmlarning
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Biosfera xakida tushuncha
Biotsenoz Biogeotsenozlar va ekotizmlarning
tuzulmalari va xususiyatlari Bitta umumiy arealda yashaydigan har xil turlarning popu- lyats iyalari ekologik jamoani tashkil etadi. Tirik organizmlar boshqa organizmlar va o‘lik tabiatning ta’sirida bo‘lishi bilan birga, o‘z navbatida, o‘zlari ham ularga ta’sir ko‘rsatadi. Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan organizmlarning populyatsiyalari biogeotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda biogeotsenoz — bir-biriga bog‘liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylashgan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenozning biotik qismi mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvonlardan tashkil topadi va biotsenoz deb ataladi. Biotsenoz o‘simliklar (fitotsenoz), hayvonlar (zootsenoz) zamburug‘lar va mikroorganizmlardan (mikrobiotsenoz) tashkil topadi. Bio geotsenozning abiotik qism (86-rasm) ma’lum iqlim sharoitiga ega bo‘lgan quruqlik yoki suv havzasining bir qismidir va ekotop deb ataladi. Ekotop atmosfera (klimatotop) va tuproq (edafotop) omillardan tashkil topadi (rasm).Biogeotsenoz tushunchasi 1940-yilda akademik V.N.Su- kachyov tomonidan taklif qilingan. Biogeotsenozlar: 1) turlar xilma-xilligi; 2) har bir turdagi individlar zichligi; 3) biomassa rasm. Biogeotsenoz sxemasi. (biogeotsenozdagi organik moddaning umumiy miqdori) kabi ko‘rsatkichlar bilan ta’riflanadi. Biogeotsenozdagi hayot jarayonlarini tashqaridan keladigan energiya ta’minlagani uchun uni ochiq, muvozanat holatidagi, o‘z-o‘zini idora qila oladigan sistema deyiladi. Biogeotsenozning turg‘unligini moddalarning davriy ayla- nishi (o‘lik tabiatdan tirik tabiatga, tirik tabiatdan esa o‘lik tabiatga tinmasdan aylanishi) orqali ta’minlanadi. Bunda energiya manbayi Quyosh hisoblanadi, uning energiyasi davriy aylanish jarayonida kimyoviy bog‘lar energiyasiga, keyin esa mexanik va issiqlik energiyasiga aylanadi. Biogeotsenozda hamma organizmlar oziqlanishiga va energiya qabul qilishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: autotroflar va geterotroflar. Autotroflar asosan o‘simliklardan tashkil topgan bo‘lib, ular fotosintez tufayli Quyosh energiyasini o‘zlashtirib, oddiy anorganik birikmalardan murakkab organik birikmalarni sintezlaydi. Geterotroflarga hayvonlar, odamlar, zamburug‘lar, bakteriyalar kiradi Ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi va o‘z hayot faoliyati jarayonida oddiy birikmalarga parchalaydi. Bu moddalar o‘z navbatida tabiatga qaytariladi va autotroflar tomonidan yana moddalar davriy aylanishiga jalb qilinadi. Biotsenoz quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) produtsentlar (hosil qiluvchilar); 2) konsumentlar (iste’mol qi luvc hilar); 3) redutsentlar yoki destruktorlar (parchalovchilar). Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling