Biotexnologiya fanining maqsadi, vazifalari,ob’ekti va tadqiqot uslublari


Download 83.5 Kb.
bet4/5
Sana13.11.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1770787
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biotexnologiya fanining

O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanish tarixi. Bio-
texnologiya O‘zbekistonda eng kenja fanlardan bo‘lib, uning tarixi uzo-
qqa bormaydi (qadimiy biotexnologlar: non yopish, qattiq tayyorlash va
h.k. bundan istisno). Bu fan asosan O‘zbekiston Fanlar Akademi-
yasining mikrobiologiya institutida hamda Respublika Kimyo birlash-
masiga qarashli bir qator zavodlarda (Yangiyo‘l biokimyo zavodi, Andi-
jon gidroliz zavodi, Qo‘qon spirt zavodi) rivojlanib kelmoqda. Biotex-

nologiya
ixtisosligi
bo‘yicha
birinchi
o‘zbek
akademigi

A.G’.Хolmurodov (1939-1996) fuzarim avlodiga mansub zambu-
rug‘lardan NAD-koferment va vitaminlar kompleksi (V guruhga kiru-
vchi vitaminlar, vitamin RR, Q 10 va h.k.) tayyorlash texnologiyasini
yaratdi. Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi
zamburug‘larini tahlil qilib, ularni nonvoychilik, vinochilik va chorva-
chilikka qo‘l keladigan turlarini topdi va ular asosida maxsus hamirtu-
rushlar va vinochilik uchun achitqi tayyorlash texnologiyalarini yaratdi.
Professor Q.D.Davronov sobiq ittifoqda birinchilardan bo‘lib yog‘
parchalovchi ferment-lipazani tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu
fermentni ko‘p shaklliligi sabablarini tahlil qila turib, har bir biotex-
nologiya jarayoni uchun o‘ziga xos spetsifiklikka ega bo‘lgan lipaza
fermenti zarur degan fikrga keldi va buni amaliyotga tasdiqlab berdi.
Q.Davronov yaratgan "Yer malxami" biopreparati, azot yutuvchi mikro-
organizmlar asosida tayyorlangan bo‘ulib, mamalakatimiz qishloq
xo‘jaligida keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari Q.D.Davronov rax-
barligida sellyulozaligini biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop
poyasi, apelka va boshqalar, maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlarning
fermentlari ishtirokda tabiiy sellyulozaligini birikmalari parchalanishini
amaliyotda ko‘rsatib berildi.
B.f.d. J.Тoshpulatov, somon va g‘o‘zapoya parchalashda "traxo-
derma xarzianum" deb atalmish zamburug‘ fermentlaridan foydalanish
mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiyani amaliyotga
qo‘llash taklif va mulohozalarini chop etdi. J.Тoshpulatov yaratgan bu
texnologiya qo‘llanilganda somonda shakar miqdori 6-7 % ga yetgani,
unda vitaminlar, aminokislotalar bo‘lganligi va shu tufayli samonni
ozuqa birligi oshganligi isbotlab berilgan.





Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling