18. Pirofit suvo‘tlarning asosiy belgilari.
A) Monad, hujayrasi dorzoventral, tashqi tomonda uzun chuqurchalar bor
B) Hujayrasi uzun besh qirrali,
C) Ko‘p hujayrali plastinkasimon
D) Tallomi barg-poyali, substratga yopishib o‘sadi
19. Sentrik suvo‘tlarining jinsiy ko‘payishi qanday?
A) Oogamiya, auksospora hosil qiladi
B) Izogamiya, oospora hosil qiladi
C) Izogamiya, tinchlik davrini o‘tamaydigan zigota hosil qiladi
D) Oogamiya, zigotasi tinchlik davrini utagandan keyin to‘rt xivchinli zoospora xosil qiladi
20. Pirofit suvo‘tlarining asosiy vakillarini aniqlang ?
A) Serasium, peridinium
B) Xlamidomonada, volvoks
C) Spirogira,mujosiya, zignema
D) Xara, nitella
21. Qo‘ng‘ir suvo‘tlari kishilar hayotida qanday maqsadlarda foydalaniladi?
A) Oziq-ovqat, tuquvchilik sanoatida ishlatiladigan-algin olinadi
B) Kraxmal, qand, tanid va boshqalar olinadi
C) Bur olinadi
D) Qog‘oz olinadi
22. Ko‘k- yashil suvo‘tlarning ko‘payishi :
A) Asosiy ko‘payish vegetativ usulda bo‘lib gonidiy, gormogoniy vositasida amalga oshadi, jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi
B) Jinssiz ko‘payish gyetyerosporalar vositasida, jinsiy ko‘payish oogamiya
C) Jinssiz ko‘payish zoospora va aplonosporalar vositasida, jinsiy ko‘payish jarayoni izogamiya
D) Jinssiz va vegetativ va ko‘payish uchramaydi, jinsiy ko‘payish, geterogamiya.
23. Dinofit suvo‘tlarining muhim vakillari:
A) Pyeridinium, gimnodinium.
B) Briopsis, kaulerpa.
C) Spirogira, klostrium, kosmarium.
D) Pinnulari, navikula.
24. Sifon tuzilishiga ega bo‘lgan suvo‘tlar:
A) Vosheriya,briopsis,kaulerpa,botridium
B) Edogonium, kladafora
C) Ulva, ulotriks,
D) Xlamidomonada, volvoks
25. Eukariotlar guruhiga kiradigan suvo‘tlar hujayrasida
A) Mitoxondriya, plastidlar va boshqa bir qator organoidlar bo‘ladi
B) Yadro va yadrocha bo‘lmaydi
C) Gazli vakuollar bo‘lmaydi
D) Mezasomalar bo‘lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |