«biotexnologiya» kafedrasi


Ksantokarsimonlar ajdodi -


Download 0.86 Mb.
bet27/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Ksantokarsimonlar ajdodi - Xanthosapsopsida
Bu ajdod vakillari tabiatda juda kam uchraydi. Ular ko‘pincha chuchuk suvlarda ayrim vakillari esa sho‘r suvlarda tarqalgan. Vegetativ hujayra shilimshiqsimon, ya’ni palmelloid shaklda bo‘lib, koloniya hosil qiladi. Koloniya siljish vositasida harakat etadi. Shilimshiq ichida tartibsiz holda ora-sira joylashgan protoplast bo‘lib, unda hujayra devori bo‘lmaydi. Ba’zan palmelloid koloniya shilimshiqdan tashkil topgan ustunchalarda o‘rnashadi. Shilimshiq ichidagi hujayra bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi, va shu sababli koloniya yiriklashib boradi. Qarigan koloniyaning bo‘laklarga bo‘linishi yoki zoosporlar hosil qilish natijasida yangi yosh koloniyalar paydo bo‘ladi. Ba’zan yosh koloniya shilimshiqdan tashqariga chiqib mustaqil rivojlanadi. Bu ajdod faqat bitta geteroleynamolar qabilasidan iborat.
Ksantokoksimonlar ajdodi - Xanthococcopsida
Bu ajdodning ko‘pchilik vakillari bir hujayrali, ayrimlari koloniyali bo‘lib, tashqi ko‘rinishi har xil shaklda bo‘ladi. Hujayra po‘sti pishiq tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ba’zi turlarini hujayra po‘sti ikki qavatdan tashkil topgan bo‘lib, kremnezemlashgan (qum tuproq), silliq yoki g‘adur-budur ko‘rinishda bo‘ladi. Ko‘payish vaqtida zoospora yoki aplanosporalar hosil qiladi. Ba’zan zoosporalar yolg‘on oyoqlar (psevdopodiy) chiqarib harakatlanadi. Noqulay sharoitga tushib qolganda, ko‘zcha va qisqaruvchi vakuola saqlanib qolgan aplanospora hosil qiladi. Bularni ba’zi vakillari ko‘p jihatdan yashil suvo‘ttoifalariga o‘xshaydi va xlorella, xara, desmidium suvo‘tlarni, yana ba’zi birlari diatom suvo‘tlarini eslatadi. Uncha katta bo‘lmagan chuchuk suv havzalarida (hovuz sun’iy, ariq, zavur) va nam tuproqlarda botriopsis (Botrydiopsis) turkum vakillaridan B. eriensis juda ko‘p tarqalgan. Ularni sharsimon hujayra devori atrofida juda ko‘p miqdorda tariqsimon xromatofora joylashgan bo‘lib, hujayra markazida bitta yadro bo‘ladi. Jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayrada to‘planib, to‘q yashil rang beruvchi vegetativ hujayraga aylanadi. Bunday hodisani ko‘pincha akvarium yoki uzoq saqlangan shisha idishlarda ko‘rish mumkin. Odatda, bular avtospora hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling