«biotexnologiya» kafedrasi


Diktiotanamolar qabilasi –


Download 0.86 Mb.
bet35/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Diktiotanamolar qabilasi – Dictyotales
Bu qabila vakillarini vegetativ tallomi bir tekislikda dixotamik shoxlangan bo‘lib, apikal (o‘sish nuqtasi, konusi) vositasida bo‘yiga o‘sadi. Jinssiz ko‘payishi harakatsiz aplanospora (tetrosporalar vositasida, jinsiy ko‘payishi oogomiya usulida boradi. Nasllar almashuvi izomorf
Qabilaning xarakterli vakili sifatida Atlantik okeanining Yevropa qirg‘oqlarida tarqalgan diktiota (Dictiota) bilan tanishamiz. Tallomi lentasimon, dixotamik shoxlangan, shoxlar odatda, bir tekislikda joylashgan. Tallomi substratga silindrsimon ildizpoyadan rivojlangan rizoid yordamida yopishadi. Tallomni har bir lentasimon dixotamik shoxlangan qismida bitta o‘sish hujayrasi bo‘lib, u ko‘ndalanggiga bo‘linib, segmentlar ajratadi. Hosil bo‘lgan segmentlar ham tallomga paralel bo‘lgan ikkita to‘siq bilan bo‘linadi va ichki tomondagi markaziy silindr (o‘zak) hujayrasini tashkil etadi, uni ichki tomonida bittadan hanjarsimon hujayralar joylashadi. Bu hujayralarni ko‘ndalang va uzunasiga bo‘linishi natijasida tallomi eniga o‘sadi. Diktiotaning voyaga yetgan tallomi faqat uch qavat hujayradan tashkil topgan, o‘rta qavat yirik rangsiz hujayralardan tuzilgan bo‘lib, ularda xromatofor juda ham kam uchraydi. Tallomni ust va ost tomonidan xromatoforga boy bo‘lgan mayda hujayralar o‘rab po‘stloqni hosil qiladi. Po‘stloq hujayralaridan bazal meristemaga ega bo‘lgan tukchalar taraqqiy etadi va butun tallom yuzasini qoplaydi. Diktiota ikki uyli o‘simlik. Erkak gametofit (jinsiy nasl) beruvchi individda ko‘p xonali sporangiylar ko‘rinishidagi silindrik shaklli anteridiy taraqqiy etadi. Undan bir xivchinli spermatozoid yetiladi. Urg‘ochi gametofit yuzasida oogoniyalar to‘plami (sorus) hosil bo‘ladi. Urug‘lanishdan keyin lentasimon shakldagi yangi individ hosil bo‘ladi.
Har xil generatsiyasimonlar ajdodi – Heterogeneratopsida
Bu ajdod bir necha qabilalarga bo‘linadi, lekin eng muhim qabilalardan biri lamenariyanomalar (Laminariales) hisoblanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling