«biotexnologiya» kafedrasi


Siklosporasimonlar ajdodi –


Download 0.86 Mb.
bet37/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

Siklosporasimonlar ajdodi – Syclosporea
Bu ajdodga hayot sikli davrida jinslari almashmaydigan suvo‘tlardan fukusnomalar (Fucales) qabila vakillari kiradi.
Fukusnamolar qabilasi – Fucales
Qabila vakillari, tallomini tepasidan (apikal) o‘sishi, jinssiz ko‘payishining bo‘lmasligi, jinsiy ko‘payishi oogamiya usuli bilan amalga oshishi va jinsiy organlar tallomni maxsus - konseptakula yoki skafediyalar deb ataladigan urinliqda hosil bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Bo‘larni tallomi juda ham murakkablashib, differensiallashgan. Buni tropik dengizlarda ko‘p tarqalgan va katta o‘tloqzorlar hosil qiladigan sargassum (Sargassum) turkumi misolida ko‘rishimiz mumkin. Sargassum tashqi qiyofasi jih atidan shoxlangan butaga o‘xshaydi. Poyachasi taglikka o‘xshash rizoid yordamida biror substratga yopishadi. Qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari bo‘limi ichidagi qabilalararo qarindoshlik aloqalari va ularni sistematik o‘rni to‘g‘risida aniq bir fikr yo‘q. Qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari filogenetik sxemasini tuzishda tallomni o‘xshashlik belgilari asos qilib olinadi. Bo‘larni evolyutsiyasi difiletik bo‘lib, evolyutsiyaning birinchi yunalishi sfatselariyanamolar, diktiotanamolar va laminariyanamolarni birlashtiradi. Ikkinchi yo‘nalish ektokarpusnamolar, kutleriyanaomalar va laminariyanomalarni biriktiradi. Ikkala guruh da qabilalarini tallom o‘sishi bilan farq qiladi; birinchi guruh vakillari apikal (tepa) dan o‘sish bilan xarakterlansa, ikkinchisi - interkolyar o‘sish bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda ko‘proq ishlatiladigan sistema Kilin (H. Kilin) sistemasi bo‘lib, qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalarini morfologik belgilari va taraqqiyot siklini e’tiborga olib ularni uchta sinfga: izogeneratsimonlar, geterogeneratsimonlar va siklosporonamolarga ajratiladi. Yirik tallomli qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari kishilar hayotida juda muhim ahamiyatgaga. Ulardan to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlatiladigan yelimsimon modda – algin olinadi. Primore o‘lkasidagi dengiz qirg‘oqlarida to‘plangan qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalari chirindilari tarkibida azot va kaliy tuzlari ko‘p bo‘ladi, shuning uchun ham o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari hayvonlarga yem-xashak sifatida ishlatiladi. Sharq mamlakatlarida laminaria japonica (dengiz karami) ovqatga iste’mol qilinadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling