«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
Klassifikatsiya:
Bo‘lim: Pirofit suvo‘tlari - Pirrophyta Ajdod: Dinofitsimonlar – Dinopsida Qabila: Peridinanamolar - Reridiniales Turkum: Peridinium - Peridinium Turkum: Seratsium – Ceratium Dinofitsimonlar ajdodi - Dinopsida Bu ajdodga kiradigan suvo‘tlarni hujayra yadrosi primitiv mezokariotik tuzilishga ega. Bunday tuzilishga ega bo‘lgan yadro xromasomi tarkibida giston degan modda uchramaydi, bundan tashqari mitoz vaqtida xromosom iplari bo‘shroq differnisiyalangan bo‘lib, uzunasiga cho‘zilib markazga to‘planadi va doimo introfazada saqlanib qoladi. Ko‘pchilik vakillari monad shaklda bo‘lib, ba’zilari ancha murakkab tuzilishga ega. Murakkab tuzilgan vakillarida zoospora harakat qilish xususiyatini saqlab qolgan. Hujayra dorzoventral tuzilishda, ikkita egatchaga ega bo‘lib, hujayrani aylanma yoki spiral shaklda o‘rab, bir-birini kesib o‘tgan joyda chiqadi. Xivchinlari ikkita, uzunligi va tuzilishi har xil (uzuni mastigonemaga ega). Xivchinlarni tuzilishi elektron mikroskopda tekshirilganda, ular tuzilishi jih atidan boshqa suvo‘tlarini xivchinlaridan chetlarida (9+9+2) va markazida (9+3) qushimcha mikronaychalarni bo‘lishligi bilan farq qiladi. Bundan tashqari xivchinni oksonema atrofidan uzunasiga o‘qsimon tortma o‘tgan bo‘lib, harakatni tezlashtiradi. Silliq xivchin bo‘yiga cho‘zilgan egatda, ikkinchisi (lentasimon va mastigonemaga) ega bo‘lgani ko‘ndalang egatda yotadi. Hujayra, maxsus teka deb ataladigan qalqon bilan qoplangan. Bu guruh suvo‘tlarida o‘ziga xos bo‘lgan puzul deb ataladigan organilla bo‘ladi, u vakuolaga o‘xshamaydi va ingichka kanal orqali vakuola sistemasi bilan bog‘lanadi. Odatdagidek ular xivchinlar chiqkadigan yaqin joyda o‘rnashadi. Ba’zi turlarida otiluvchi trixosistlar bo‘ladi. Ular sovutni ichki membranasida o‘rnashgan bo‘lib, poralar orqali otilib chiqadi. Har qaysi trixotsist boshcha va dastachaga ega. Ular buralish va yozilish xususiyatiga ega, hujayra bezovta qilinsa trixotsistlar yozilib pora orqali uzun ip bo‘lib o‘tiladi. Harakatchan va harakatsiz vegetativ organlarni bo‘linishi, zoospora yoki aplanospora hosil qilish yo‘li bilan jinssiz ko‘payadi. Ba’zan turlarida jinsiy ko‘payishi izogamiya vositasida boradi. Noqulay sharoitga tushgan vaqtda usti sellyulozali qalin po‘st bilan o‘ralgan sista hosil qiladi. Tallom tuzilishiga asoslanib bo‘larni qo‘yidagi qabilaga bo‘lish mumkin: peridinanamolar (Peridinales), dinamebidnamolar (Dinamoebidiales), gleodininamolar (Gloedinales), dinokokknamolar (Dinococcales) va dinotrixnamolar (Dinotrichales). Pirofit suvo‘ttoifalari kislorod, uglerod, fosfor, azot birikmalarini ishlab chiqarish davrasida, organik moddalarni sintez etishda hamda baliq lichinkalariga oziq - ovqat sifatida muhim ahamiyatga ega. Peridinium turlari tuzlarga va ph-ga nisbatan sezuvchan, shuning uchun ham ulardan bioindikator sifatida foydalanish mumkin. Masalan, Gymnodinium fuccum turlari asosan ph past bo‘lgan nordon suvlarda o‘sishga moslashgan. Bu suvo‘ttoifalarni ba’zi turlari juda ham zararli: Chunonchi, dengiz suvo‘tlarida keng tarqalgan dinoflagellyatlardan - Goniaulax satanella individlari ba’zan juda ham ko‘p to‘planib suvga qizil rang beradi va ovqatga istemol qilinadigan mollyuskalarni chig‘anog‘iga o‘rnashadi. Bunday mollyuskalar ovqat sifatida istemol qilinganda odam organizimini zaharlab, o‘lishga sababchi bo‘ladi. Bunday hodisa Portugaliya, Yaponiya va florida yarim orolida sodir bo‘lgan. Peridiniumlarni qoldiqlari mezozoy erasining Yura va Bo‘r davr qatlamlarida topilgan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling