«biotexnologiya» kafedrasi


Download 0.86 Mb.
bet73/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

12-amaliy mashg‘ulot:Xaraning tuzilishi va ko‘payishi
Bo‘lim: Yashil suvo‘ttoifalar– Chlorophyta
Ajdod: Xarasimonlar - Charopsida
Qabila: Xaranamolar – Charales
Qabila: Characeae
Turkum: Xara – Chara
Turkum: Nitella – Nitella
Xarasimonlar ajdodining hozirgi zamon vakillari bitta tartib- xaranamolar (Charales)ni tashkil qiladi. Ular bir oila xaradoshlar (Characeae) va olti turkumdan iborat. Keng tarqalgan turkumlari xara (Chara) va nitella (Nitella) hisoblanadi. Bular boshqa yashil suvo‘ttoifalaridan, murakkab tuzilgan jinsiy organlari va tallomini morfologik tuzilishi bilan farq qiladi. Xara (Chara)ning tallomi tikka o‘suvchi bo‘lib, bo‘yi 20-25 sm qirq bo‘g‘imga o‘xshaydi. Bosh "poya" va undan o‘sib chiqqan yon shoxchalari to‘xtovsiz o‘sish qobiliyatiga ega bo‘lib, bug‘im hamda bo‘g‘im oraliqlarida bo‘lingan. Xaraning bo‘g‘im oralig‘idagi hujayralari ust tomonidan maxsus po‘stloq bilan qoplangan. Bosh "poya" qismida xuddi "barglar"ni eslatuvchi shoxchalar halka shaklida joylashgan. Har bir "poya" ning uchida bir to‘da yosh "bargcha"lardan tashkil topgan o‘sish nuqtasi bo‘ladi. Xara hamisha va qat’iyan tikka o‘sadi. Uning o‘sishi "poya"ning o‘sish konusiga joylashgan bitta yarim sharsimon ko‘rinishdagi hujayraning bo‘linishi hisobiga bo‘ladi. Dastlab o‘sish nuqtasidagi apikal hujayra asos tomonga qarab, parallel joylashgan sigment hujayra hosil qiladi. Bu hujayralar o‘z navbatida, qo‘shbotiq va qo‘shqavariq shaklidagi hujayralarni atrofga ajratadi. Qo‘shqavariq hujayra boshqa bo‘linmay, uzayib, bo‘g‘im oralig‘iga aylanadi. Bu vaqtda bo‘g‘im hosil qiluvchi qo‘shbotiq hujayra ko‘ndalang to‘siq bilan ajralib, keyinchalik ulardan "barg"lar hosil bo‘ladi. "Barg" asosining ustki bo‘g‘im hujayralaridan, o‘sishi chegaralangan "poya" shoxchalari taraqqiy etadi. Bundan tashqari "barg"bo‘g‘imlari asosidan ikki xil ip o‘sib chiqadi: ulardan bittasi yuqoriga qarab o‘sib, po‘stloq hosil qiladi, ikkinchisi pastga qarab o‘sib, ko‘p hujayrali shoxlangan rizoidga aylanadi. Ular vositasida tallom substratga birikadi. Hujayralari sellyulozali po‘st bilan o‘ralgan bo‘lib, tashqi qavati kalsiy karbonat tuzlari bilan to‘yingan. Sitoplazmasi hujayra po‘sti devori atrofida joylashgan bo‘lib, ichida juda ko‘p mayda, disksimon pirenoidsiz xromatoforalari joylashgan. Bo‘g‘im oralig‘idagi uzun hujayralarda xromatoforalari qator bo‘lib o‘rnashgan. Hujayra po‘sti qum to‘planganligi uchun g‘adur-budur mo‘rt bo‘ladi.
Sitoplazma, hujayraning ichki qismidan joy olgan yirik vakuola bilan tutashgan joyda, aylanma harakat qiladi. Har bir hujayrada kuchayib va pasayib boradigan sitoplazma oqimi bo‘ladi, uni xromatofori buzilgan tiniq hujayralarda ko‘rish mumkin. Hamma hujayralar (apikal, sigment hujayra, bo‘g‘imlardagi hujayralar) bir yadroli bo‘lib, mitoz yo‘li bilan bo‘linish xususiyatiga ega. Bug‘im oralig‘idagi qari hujayralar yirik yadroli bo‘lib, oddiy mitoz yo‘li bilan bo‘linadi. Xaralarda jinssiz ko‘payish ko‘zatilmaydi. Vegetativ va jinsiy yo‘llar bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi rizoidlarda hosil bo‘ladigan to‘ganakchalarni o‘sishidan yangi tallom hosil bo‘ladi. Jinsiy ko‘payishi oogamiya yo‘li bilan boradi. Jinsiy organlari murakkab tuzilishga ega.
Odatda, oogoniy bilan anteridiy bir to‘p o‘simlikda (bir uyli) ayrim hollarda har xil to‘plarda (ikki uyli) bo‘lib rivojlanadi. Bir uyli xarada ikki jinsli organ: oogoniy va anteridiy o‘sishi chegaralangan ikkilamchi shoxchalarni "barg" qo‘ltig‘ini ustki tomonida oogoniy, ostki tomonida anteridiy joylashadi. Bir uyli nitellada oogoniy, anteridiy ostida taraqqiy etadi. Anteridiy yon shoxchalarni apikal hujayrasini bo‘linishidan rivojlanadi. Avvalo, apikal hujayrasini yassi qismi bo‘linib, ikkita disksimon hujayraga aylanadi. Keyinchalik bu hujayra dumaloqlashib, ikki marta uzunasiga va bir marta ko‘ndalangiga bo‘linib, sakkizta oksant deb ataladigan hujayralar hosil qiladi. Har qaysi oksant hujayrada ikkitadan parallel to‘siqlar paydo bo‘ladi. Bularni har qaysi o‘z navbatida hujayraga bo‘linadi. Chetdagi sakkizta hujayra o‘sib, yassi-qalqonsimon shakliga kiradi. Bu hujayralarni devori burishgan bo‘lib, ichidagi modda olov yoki qizil rangda bo‘ladi. Keyinchalik yassi-qalqonsimon hujayralar sharsimon anteridiyga aylanadi. Qalqonsimon hujayralarni o‘rtasidagi hujayralar radial yo‘nalishda o‘sib, uzunlashadi va dastasimon hujayraga aylanadi. Uni uchida yumaloq-"boshcha" hujayralar taraqqiy etadi, har qaysi "boshcha" hujayralardan spiral shaklda qayrilgan spermatogen iplar rivojlanadi va anteridiy bo‘shlig‘ida zich bo‘lib, joylashadi. Har qaysi spermatogen iplarni ichida 100-200 tagacha disksimon hujayralar bo‘lib, ularni har biridan bittadan spiral shakldagi ikki xivchinli spermatozoid etiladi. Spermatozoidlar yetilgandan keyin, spermatogen hujayra devori shillig‘langadan so‘ng, spermatozoidlar suvga chiqadi. Oogoniy, anteridiy bo‘g‘inning bazal hujayralaridan rivojlanib, ikki marta ko‘ndalang bo‘linib, uchta hujayraga aylanadi. Bularni eng yuqoridagisidan bitta yirik oogoniya, pastdagisidan bir hujayrali oyoqcha va o‘rta qismidan esa, bo‘g‘im hosil bo‘ladi. Bo‘g‘in hujayraning bo‘linishidan markazga va chetlarga ketgan beshta burmali naysimon hujayra hosil bo‘ladi, uni uchi "toj"ga o‘xshash bo‘lib, koronka deb ataladi. Oogoniy ichida bitta tuxum hujayra taraqqiy etadi. Oogoniy yetilgandan so‘ng, uni besh burmali naysimon koronkani o‘rtasidan teshikcha hosil bo‘ladi. Shu teshikcha orqali spermatozoid oogoniy ichiga kirib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Tuxum hujayra urug‘langandan keyin, atrofi sellyuloza bilan o‘ralib, oosporaga aylanadi. Oospora usti qalin po‘st bilan o‘ralib, tinchlik davrini kechirgandan so‘ng o‘sa boshlaydi. Oospora o‘sishdan, oldin, uni kopulyatsion diploid yadrosi reduksion bo‘linadi va to‘rtta gaploid yadro hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yadrolarning o‘rtasidan to‘siq paydo bo‘lib, oosporani teng bo‘lmagan ikki hujayraga ajratadi. Yuqoridagi hujayrada bitta, pastdagi hujayrada uchta yadro qoladi. Keyinchalik bu uchta yadro erib ketadi. Oospora hujayrasi o‘sish oldidan ko‘ndalang bo‘linadi, hosil bo‘lgan yosh hujayralarni o‘sishidan substratga tomon rizoid va yuqoriga qarab kichkina ipcha-protonema tikka o‘sib chiqadi. Keyinchalik protonemadan xaraning yirik tallomi taraqqiy etadi. Xaralar, boshqa yashil suvo‘ttoifalardan, vegetativ va jinsiy organlarning to‘zilishi, zigotaning taraqqiy etishi jihatdan farq qiladi. Ularda pigmentlarning borligi va assimilatsiya vaqtida kraxmal hosil bo‘lishini va boshqa belgilarini hisobga olib, xaralarni yashil suvo‘ttoifalari bo‘limining murakkab tuzilgan bir tarmog‘i deb, alohida ajdod sifatida o‘rganiladi. Xaralarni o‘rganish nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ko‘p yillardan buyon olimlar, hujayra protoplazma harakatini o‘rganishda undan asosiy obyekt sifatida foydalaniladi. Bundan tashqari, hujayra markazida joylashgan yirik vakuolaga elektr toki ta’sir etib, biologik xususiyati o‘rganiladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling