«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Shoxkuyaning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet87/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

27-amaliy mashg‘ulot:Shoxkuyaning tuzilishi va ko‘payishi
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
Qabila: Shoxkuyanamolar – Clavisipitales
Turkum: Shoxkuya – Claviseps
Tur: Shoxkuya – Claviseps purpurea
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning meva tanasi yaxshi rivojlangan stromada joylashadi. Stromalar ayrim turlarda och rangli hamda yumaloq bo‘lsa, boshqa turlarda to‘q rangli bo‘ladi. Stromalar sharsimon bolishsimon yoki to‘g‘nog‘ich shaklda bo‘lib, dastalidir. Bunday stromalarning diametri bir necha santimetrga boradigan meva tanalar hosil qiladi, o‘sha meva chetlarida peritetsiylar yetishadi. Peritetsiy shaklan ko‘zachaga o‘xshash bo‘lib, uchida teshikchasi va ichida bo‘shlig‘i bor. Peritetsiy bo‘shlig‘ida och rangi yumaloq peridiy qatlami bo‘ladi. Parafizlar taraqqiyot davrining boshlanishida paydo bo‘lib, keyinchalik erib ketadi. Peritetsiy tubidan bir dasta silindrsimon xaltachalar ko‘tarilib turadi, ular yetilgandan so‘ng cho‘zilib boradi va uchini peritetsiy teshikchasidan chiqaradi. Askosporalar yetilgandan so‘ng teshikchadan sochiladi. Sochilgan askosporalar alohida hujayralarga ajraladi. Bu ajralgan hujayralar o‘sish qobiliyatiga ega. Bularning jinsiy ko‘payishida gomotalizm xususiyati aniqlangan. Stroma ichidagi xonachalarda trixogensiz ko‘p yadroli askogon va ko‘p yadroli anteridiy joylashgan. Plazmogamiyadan so‘ng askogon giflar rivojlanib, uning ichida askospora yetiladi. Shoxkuyanamolarning ko‘pchilik vakillari g‘alla o‘simliklarda: javdarda, ba’zan arpada, sulida va bug‘doyda, yana bir qancha yovvoyi holda o‘suvchi g‘allasimon o‘simliklarda parazit holda yashaydi. Saprotroflari juda ham oz bo‘lib, tuproqda va daraxtlarning yog‘och qismida uchraydi. Bu qabilaning eng muhim turkumlaridan shoxkuya - Claviceps purpurea ni ko‘zdan kechiramiz.
Shoxkuya zamburug‘i bilan zararlangan bug‘doyning boshog‘ida qoragunafsha rangli "shoxcha"ga o‘xshash sklerosiy hosil bo‘ladi. Sklerotsiy oziq moddalar bilan to‘lib, suvi qochib qolgan qattiq mitseliy o‘ramidan iborat bo‘lib, aylana yoki uch qirrali shaklda bo‘ladi. Kuzda g‘alla ekinlari o‘rib olingan sklerotsiy yerga uzilib tushadi va qishlaydi, bahorda unib chiqadi va uzun dastalar uchiga joylashgan qizil boshchalar hosil bo‘ladi, bunga stroma deyiladi. Stroma ichida kuzachasimon peritetsiylar cho‘kkan holda joylashadi. Peritetsiy tubida uzunasiga joylashgan xaltachalardan 8 tadan ipsimon askosporalar hosil bo‘ladi. Sporalar peritetsiy ichidan otilib chiqib va shamol yordamida tarqalib, g‘alla o‘simliklarining guliga tushadi. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng zamburug‘ning konidiya hosil qilish davri, boshlanadi. Gulda sporalardan hosil bo‘lgan mitseliy gul tugunchasi ichiga o‘tadi va konidiya bandlari yuzaga keladi. Ayni vaqtda undan shirin suyuqlik "bolshudring" deb ataladigan suyuq shira ham chiqaradi. Bu suyuqlikda konidiyalar aralash holda bo‘ladi. Bu shira o‘ziga hasharotlarni jalb etadi. Hasharotlar konidiyalarni boshqa sog‘ o‘simliklariga tarqatadi va yangitdan kasallik paydo bo‘ladi. Keyinchalik zararlangan gul organizmga ta’sir etuvchi alkaloidlar - ergotamin ergozin, ergomitrin va boshqalar, mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham sklerotsiy aralashgan undan tayyorlangan nonni yegan kishi ergotizm degan kasalga yo‘liqadi. G‘allani sklerotsiydan tozalash eng yaxshi choradir. Hozirgi zamon meditsinasida sklerotsiydan olinadigan dorilardan asab va yurak tomirlarini davolashda foydalaniladi. Ayniqsa ginekologiyada sklerotsiydan olinadigan peptid guruhiga talluqli alkaloidlar - lizergin, izolizergin kislotalaridan qonni to‘xtatuvchi dori sifatida foydalaniladi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling