«biotexnologiya» kafedrasi
Download 0.86 Mb.
|
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teliobasidiomytetidae Qabila: Qorakuyanamolar - Ustilaginales Oila: Ustilaginagodoshlar - Ustilaginaceae Turkum: Qorakuyasi
- Turkum: Tosh qorakuyasi - Tilletia Tur: Bug‘doyning tosh qorakuyasi - Tilletia tritici
29-amaliy mashg‘ulot:Chang qorakuyalarning tuzilishi va ko‘payishi
K/ajdod: Teliobazidiomisetkabilar – Teliobasidiomytetidae Klassifikatsiya: Bo‘lim: Zamburug‘lar – Mycota Ajdod: Bazidiomitsetsimonlar – Basidiomysteses K/ajdod: Teliobazidiomitsetkabilar – Teliobasidiomytetidae Qabila: Qorakuyanamolar - Ustilaginales Oila: Ustilaginagodoshlar - Ustilaginaceae Turkum: Qorakuyasi - Ustilago. Tur: Bug‘doychang qorakuyasi – Ustilago tritici. Oila: Tilletsiyadoshlar - Tilletiaceae Turkum: Tosh qorakuyasi - Tilletia Tur: Bug‘doyning tosh qorakuyasi - Tilletia tritici Bu ajdodiga kiruvchi zamburug‘lar parazitlikka moslashish natijasida mevatanalarini yo‘qotgan bo‘ladi. Bazidiy qishlovchi qalin po‘stli teliospora yoki teleytospora deb ataladigan hujayradan o‘sib chiqadi. Teliobazidiomisetkabilar ajdodi qorakuyanamolar va zangnamolar qabilalarga bo‘linadi. Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning hammasi parazitlikka moslashgan bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlariga juda katta zarar keltiradi. Qorakuya zamburug‘larining 340 ga yaqin turi malum. Ularning hammasi gulli o‘simliklarga parazitlik qiladi. Bu zamburug‘lar ayniqsa g‘allasimonlardan: bug‘doy, arpa, tariq, makkajo‘xori, qo‘noq, sholi hamda boshqa yovvoyi o‘simliklarning changi va urug‘chilarda, urug‘, barg, poya ba’zan ildizlarida yashab, ularni hosiliga katta ziyon keltiradi. Kasallik ko‘pincha o‘simlikning reproduktiv organlarini shikastlab, ularning shaklini buzadi va emiradi. Ayni vaqtda o‘sha organlar o‘z o‘zida bir talay zamburug‘ning tinimdagi sporasi teliospora (xlamidospora) yig‘ib qolganligidan qorayib ketadi va kuygandek bo‘lib ko‘rinadi. Shuning uchun xalq tilida qorakuya deb yuritiladi. Sporalari erkin bo‘lib, bir-biridan osonlik bilan ajralib sochilib tushadigan bo‘lsa, bu chang qorakuya zamburug‘i deb ataladi, sporalari zichlashib, g‘uj va toshdek qattiq bo‘lsa toshkuya zamburug‘i deb yuritiladi. Ba’zan qorakuya zamburug‘larda jumladan, makkajo‘xorida bo‘rtma qorakuyasi ko‘pincha o‘simlikning to‘p gulida, ko‘proq so‘tasida, hamda vegetativ organlarida jigar rang qora tusga kiradigan burtmalar hosil bo‘ladi. U yetilib qurib yorilgandan so‘ng, ichidan makkajo‘xori qorakuyalari, ya’ni teliospora (xlamidospora)lar uyumi chiqib, atrofga tarqaladi va tuproqni ifloslaydi. Qorakuya zamburug‘larining ikki yadroli mitseliysi zararlangan o‘simliklarning hujayra oralig‘iga gaustoriysi yordamida o‘rnashadi. Teliospora o‘sgan vaqtda to‘rt hujayrali, ayrim hollarda bir hujayrali bazidiy hosil qiladi. Bazidiyaspora hosil bo‘lgandan so‘ng qorakuya zamburug‘larining taraqqiyoti uch xil usul bilan boradi. Qorakuyanamolar qabilasi ikki oilaga bo‘linadi: Ustilaginaceae - ustilaginadoshlar oilasi. Bularni, bazidiya (fragmobazidiya) lari to‘rt hujayrali va Tilletiaceae - tilletsiyadoshlar oilasi; bularni bazidiy va bazidiyasporalari bir hujayrali. Ustilaginadoshlar oilasining eng ko‘p tarqalgan turkumi Ustilago 350 turni o‘z ichiga oladi. Ular gulli o‘simliklarda, xususan g‘allasimon o‘simliklarning generativ va vegetativ organlarida yashab parazitlik qiladi, ularning xosiliga katta ziyon keltiradi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling