«biotexnologiya» kafedrasi


-amaliy mashg‘ulot:Un shudring zamburug‘larning tuzilishi va ko‘payishi


Download 0.86 Mb.
bet86/203
Sana16.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1507466
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203
Bog'liq
MIKOLOGIYA VA ALGOLOGIYA

26-amaliy mashg‘ulot:Un shudring zamburug‘larning tuzilishi va ko‘payishi.
Klassifikatsiya:
Ajdod: Askomitsetsimonlar – Ascomysetes
Kenja ajdod: Euaskomitsetkabilar - Euascomysetidae
Qabila: Un - shudringnamolar yoki erizifanamolar – Erysiphales
Turkum: Erizife - Erysiphe
Turkum: Sferoteka - Sphaerotheca
Turkum: Unsinula - Unsinila
Turkum: Mikrosfera - Microsphaera
Turkum: Fillaktiniya – Phyllactinia
Bu qabilaga kiruvchi zamburug‘larning meva tanasi yopiq - kleystotetsiy bo‘lib, xaltachalar meva tana ichida tartibli joylashgan. Bu zamburug‘lar doimiy parazit holda yashaydi, ular yovvoyi hamda madaniy o‘simliklarning barg va yosh novdalarida ko‘p tarqalgan bo‘lib, "un-shudring" deb ataladigan kasallikni chaqirishga sababchi bo‘ladi. Bunday kasallangan o‘simlikning barg va novdasida un sepilgandek oq g‘ubor paydo bo‘ladi va ekinlarga katta zarar yetkazadi. Zamburug‘ning mitseliysi xo‘jayin o‘simlik sirtida bo‘lib, hujayralari epidermisga zich yopishib ichiga tomon o‘sadi va maxsus tuzilishga ega bo‘lgan apressorlardan so‘rg‘ich - gaustoriya chiqarib, o‘simlikning mezofill to‘qimalariga o‘rnashib oziqlanadi.
Un-shudringnamolarning eng ko‘p tarqalgan turkumlariga erizife (Erysiphe), sferoteka (Sphaerotheca), unsinula (Unsinila), mikrosfera (Microsphaera) va fillaktiniya (Phyllactinia) kiradi.
1. G‘alla erizifasi - Erisiphe graminis - g‘allasimon o‘simliklarning barg va poyasida parazitlik qiladi. Kleystotetsiy ichida bir necha xaltacha bo‘ladi, meva tanasi popukli.
2. Sferoteka - Sphaerotheca - ning kleystotetsiysi bir xaltali, mevatanasi popukli. Bu turkumning turlari beda, atirgul, bodom, shaftoli, oshqovoq, qovun, bodring, krijovnik va boshqa o‘simliklarni zararlaydi.
3. Mikrosfera - Microsphaera ning kleystotetsiysida bir necha xaltacha hosil bo‘ladi. Meva tana ustidagi popuklar qattiq bo‘lib, uchlari dixotamik shoxlangan bo‘ladi. Bu turkumning eng ko‘p tarqalgan vakili mikrosfera alfitoedes (M. alphitoides) bo‘lib, eman (dub) daraxtining yosh novdalarida un-shudring hosil qiladi. Zararlangan novdalar keyinchalik quriydi.
4. Unsinula nekator - Unsinula nekator (Oidium tuceri) bu zamburug‘ning kleystotetsiysi popukli va popuk uchlari spiral shaklida qayrilgandir. Zamburug‘ asosan tokning barg, novda va mevalarida yashaydi, ularning hamma organlarida kul yoki oidium degan kasallikni vujudga keltiradi va hosilga ziyon yetkazadi. Zamburug‘ bilan kasallangan o‘simlik organlarini yoz faslida 3-4 marta oltingugurt bilan ishlov berish kerak.
5. Filaktiniya - Phyllastinia - turkumining turlarida kleystotetsiysi ustida ikki xil popuklar bo‘ladi. Meva tana ustidagi popuklar shoxlangan giflardan iborat bo‘lib, o‘zidan shilliq modda chiqaradi. Shilliq modda yopishish uchun xizmat qiladi. Bu qabilaning eng muhim turkumlaridan gibberilla - Giberilla hisoblanadi. Meva tanasi yumshoq bo‘lib, rangi qoramtir bo‘lgan stromada joylashadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling