Biotik omillar
Download 20.94 Kb.
|
1 2
Bog'liqBiotik omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotik omillar
4. Antropogen omillar
Odam o ‘z faoliyati jarayonida tabiatga, ayniqsa, o'simliklar va hay vonlar hayotiga kuchli ta ’sir ko'rsatadi. Bunga antropogen omil deyiladi. In sonning tabiatga ko'rsatadigan ta ’sirini ikki guruhga bo'lish mumkin. Ular- dan biri tirik organizmlarga yoki ulaming ayrim vakillariga ko'rsatayotgan to 'g'ridan-to'g'ri ta ’siri bo'lsa, ikkinchisi esa insonning atrof-muhitni o'zgartirish kabi salbiy ta ’siri hisoblanadi. Odamlar qo'riq yerlarni ekinzor- larga aylantirish, botqoqliklarni quritish, o'rm onlam i kesish va yaylovlarda uzluksiz mol boqish yo'li bilan juda katta maydonlardagi o'simliklar qiyo- fasini o'zgartirib yuborishi mumkin, bu esa o 'z navbatida ana shu joylarda yashaydigan hayvonlar populatsiyalariga ham o 'z ta’sirini ko'rsatadi. Shu- ningdek, ixota daraxtzorlari barpo qilish, sun’iy yaylovlar tashkil etish o'simlikni bir joydan ikkinchi iqlim sharotiga ko'chirish bilan ham o'simliklar hayotini ancha o'zgartiradilar. Insonning tirik organizmlarga ko'rsatayotgan ta ’sirini to'rtta guruhga ajratish mumkin: 1. Ozuqa va boshqa ehtiyojlami qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, o'r monlami kesish, o'tlami o'rish va shu kabilar) tirik organizmlandan foydalanish. 2.o‘simliklami ko'paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlami qo'lga o'rgatish. 3. Aklimitizatsiya va introduksiya, ya’ni organizmlaming tabiiy ariali- dan boshqa joylarga ko'chirib olib borish va moslashtirish. 4. Yangi madaniy o'sim hk navlari va hayvon zotlarini yaratish. Inson tabiatga ko'rsatadigan kuchli ta ’siri orqali biotik va abiotik sharoitlami o'zgartiradi. Insonning ana shunday faoliyatlariga suv inshoot- lari qurilishlari (suv omborlari, gidroelektr stansiyalar), yerning meliorativ holatini yaxshilash (sug'orish, quritish), mineral o'g'itlar, pestitsidlar va defolantlardan foydalanish natijalari kiradi. Inson kamida 70 mln. yil davomida tarkib topgan tirik dunyo m an- zarasini bir necha o 'n yilda o'zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta ’siri natijasida yer yuzida ko'plab o'simlik va hayvon turlari yo'qolib ketdi. Ovchilik bilan intensiv shug'ullanish ko'pchilik hayvon tur- larini yo'q qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Biotik omillar, muhitning biotik omillari — bir yoki har xil turga mansub o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga ta’siri majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqindan bo’ladi. B. o. har xil turdagi tirik organizmlarning o’zaro ta’siridan iboratligi bilan muxitning abiotik omimarchdan farq kiladi. Organizmlarning o’zaro munosabatlari juda ham xilmaxil. Tirik mavjudotlar boshqa organizmlar uchun oziq manbai bo’lishi (o’t o’simliklar o’txo’r hayvonlar uchun oziq hisoblanadi, o’txo’r hayvonlarni esa yirtqich hayvonlar yeydi), ularning ko’payishiga imkon yaratishi (o’simliklarni changlovchi hasharotlar faoliyati), yashash muhiti bo’lib xizmat qilishi mumkin (mas, g’o’zaning xavfli kasalligi— viltni hosil qiluvchi patogen zamburug’ uchun g’o’za xo’jayin o’simlikdir). Raqobat, simbioz (birgalikda yashash) va b. ham organizmlar orasidagi munosabatlarga kiradi. Ehtiyojlari bir-biriga o’xshash organizmlar orasida, mas, agar o’simliklarning yoruglik, namlik va muhitning b. sharoitlariga nisbatan talabi bir xil bo’lsa, raqobat paydo bo’ladi. Simbioz hayvonlar, o’simlik, mikroorganizmlar orasida keng tarqalgan. Mac, dukkakli o’simliklar (beda va b.) azot hosil qiluvchi bakteriyalar bilan birgalikda yashaydi, bu bakteriyalar o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan uglevodlar va b. organik moddalarni o’simliklar ildizidan oladi. B. o. har doim muhitning abiotik omillari ta’siriga uchraydi va o’z navbatida unga faol ta’sir etib, uni o’zgartirib boradi. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga bo’linadi. Download 20.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling