Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


Download 4.11 Mb.
bet3/10
Sana13.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1676342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom Mahmudov kurs ishi

ADABIYOTLAR TAHLILI
Olib borayotgan izlanishlar orasida flora va fauna tarkibini inventarizasiya qilish asosiy o‘rin tutadi va bu boradagi faoliyatimiz Biologik xilma-xillik bo‘yicha qabul qilingan xalqaro Konvenqiyaning (Rio-de Janeyro, 1992) 7 bandi talablariga javob beradi. Keng ko‘lamli tadqiqotlar palmanamo o‘simliklarning ayrim taksonomik guruhlari va O‘zbekistonning turli tabiiy-ma’muriy hududlarining florasini tadqiq etishga qaratilgan. Umuman, O‘zbekistonda o‘simliklarning 4500, zamburug‘larning 200 dan ziyod, umurtqali hayvonlarning 700 dan ziyod, umurtqasizlarning 15000 dan ziyod turlari aniqlangan. Yaqin yillar davomida O‘zbekiston florasida xurmo, non daraxti, papaya va kakos kabi turlarga boy bo‘lgan bir qator o‘simlik oilalarining keng ko‘lamli tahlili yakunlandi. Ular orasida non daraxtini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Olingan natijalarning asosiy qismi jahon andozalari talablariga javob berib, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ilgari fan uchun noma’lum bo‘lgan bir necha yangi turlarning kashf etilishi bilan ajralib turadi.
Oxirgi besh yil davomida G‘arbiy Tiyonshon, ya’ni Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlari, Nurota tizmasi, Surxondaryo viloyatining Boysun va Sherobod tumanlarida yetishtiriladigan foydali xurmo o’simligini, aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar yakunlandi. Shuningdek, o‘simliklar qoplami tarkibidagi xo‘jalikda ahamiyatli bo‘lgan o‘simlik guruhlarini tadqiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Namangan, Farg’ona, Andijon viloyatlarida manzarali palmalar o‘simlik turlarining tarkibi aniqlandi va ularning tabiiy zahiralari o‘rganildi. Shu kabi tadqiqotlar hozirgi kunda Jizzax viloyatining Zomin va Forish tumanlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida olib borilmoqda
Tabiatni muhofaza qilish hamda barqaror rivojlanish uchun biologik xilmaxillikni saqlab qolishning o‘ta muhimligiga katta ahamiyat bergan holda, 1995 - yilda O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilmaxillik to‘g‘risida”gi Konventsiyaga a’zo bo‘ldi. 1998 yili hukumatimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining biologik xilmaxillikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi”ning qabul qilinishi asnosida Konventsiya doirasidagi majburiyatlarni bajarish yo‘lida ilk qadam tashlandi. Mamlakat umumiy maydonining 10 foizidan ortig‘ida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning barqaror tizimini yaratish mazkur strategiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi .
Aloxida muhofaza qilinadigan hududlar tizimi nafaqat yashab qolishi kerak, balki rivojlanishi ham kerak, qaysiki tabiat muhofazasi uchun yangi ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy realliklarga javob beradigan, yangi konseptual va metodologik yondashishlarni ishlab chiqish nihoyatda zarurdir. Tizim o‘zini saqlash uchun qilingan harakatlarni qoplashi, mamlakat rivojlanishini barqarorligi uchun aniq ko‘rinadigan foyda bilan ta'minlashi zarur. Respublika fuqorolariga iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltirishi, ayniqsa qishloqda yashovchilaga, tabiiy landshaftlar va bioxilma-xillikni asrashni taminlashi zarur bo‘ladi, bularsiz kelajak avlodlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarini qondirib bo‘lmaydi .
Shunday qilib, muhofaza qilinadigan hududlarni qayta ko‘rib chiqish,qayta tuzish va kengaytirish,besh yil mobaynida (1998-2002y) olib borilgan .
O’simliklar filogeniyasini o’rganish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilgan va olib borilmoqda. So’nggi 20 yil mobaynida izchil ravishda shifobaxsh xurmo o’simlikligini o’rganilib kelingan (ham maxalliy, ham boshqa yerlarda usadigan) Markaziy Osiyoning endemik, noyob va yo’qolib borayotgan o’simlik turlariga aloxida e’tibor berilmoqda.
Xalq xo’jaligiga palmalarning 400 ga yaqin dekorativ, o’rmon, mevali va shifobaxsh o’simlik va daraxt turlari joriy etildi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling